$
11941.65 UZS
-81.81
₽
147.65 UZS
-1.79
€
13383.01 UZS
-78.46
31° Kechasi 18°

Moda malikalari: Oʻzbekistonning yosh va iqtidorli dizaynerlari

22:17 / 23.07.2023

Moda olamida shunday yuksak iqtidor sohib va sohibalari borki, ularning hikoyalari boshqalarga ham ilhom baxsh etadi, moda sanoatiga yangi nafas beradi. Oʻzbekistonda bunday iqtidor egalari oz emas. Biz bugun oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp boʻlmagan, ammo gʻoyalari va qarashlari bilan boshqalarning eʼtibori-yu eʼtirofiga sazovor boʻlib ulgurgan yosh dizaynerlar haqida soʻz yuritamiz.

Sehriyo Mahmudova

Sehriyo Mahmudova dizayn boʻyicha tahsil olmagan, avvaliga u butunlay boshqa sohani tanlagan. Ammo bu Sehriyoga oʻz orzularini amalga oshirishga xalal bera olmadi va boʻlgʻusi dizayner Italiyaga, moda yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga kirdi. Sehriyo Rim shahrida bir nechta loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi, ushbu loyihalar uning uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylandi, dizaynerga ijodiy salohiyatini namoyon etishga imkon berdi.

Sehriyoning asosiy yoʻnalishlaridan biri – moda olamidagi ekologik barqarorlik hisoblanadi. U mazkur yoʻnalishni chuqur oʻrganib, ekologik ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun hissa qoʻshishni niyat qilgan. Dizayner Argentinaning choʻmilish kiyimlari brendlaridan biri asoschisi bilan hamkorlik qilgan holda qayta ishlangan materiallardan bir nechta ajoyib libos va buyumlar yaratishning uddasidan chiqqan. Ayni vaqtda ushbu mahsulotlarni bozorga chiqarish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ammo Sehriyo qoʻlga kiritilgan yutuqlar bilan cheklanib qolish niyatida emas. U ayni vaqtda “Harvard”, MIT kabi yetakchi universitetlar tomonidan ishlab chiqilgan “Sirkulyar moda: dizayn, ilm-fan va barqaror kiyim-kechak sanoatidagi qadriyatlar” kursida tahsil olmoqda. Ushbu kurs dizaynerga sohaga oid bilimlarni oshirish, silkulyar iqtisodiyot va moda sanoatidagi barqarorlikning ahamiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga imkon beryapti.

Sehriyoning asosiy maqsadlaridan biri orttirilgan bilim hamda tajribani Oʻzbekistonda qoʻllab, oʻz brendiga asos solish va insonlarga ekologik toza hamda oliy sifatli mahsulotlar taqdim etishdan iborat. Yosh dizayner moda hech kimga zarar bermasligi kerak degan fikrda va u Oʻzbekistonda koʻplab ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkinligiga ishonadi.

Sehriyo shuningdek, “Fashion International Group” assotsiatsiyasi hamda “Vogue” klubiga aʼzo boʻlgan. Bu yosh dizaynerga oʻz hamkasblari va moda olamining yetakchi ekspertlari bilan doimiy ravishda aloqada boʻlish, yangi trendlarning paydo boʻlishiga hissa qoʻshish va boshqalarga oʻz ishlari bilan ilhom ulashish imkoniyatini bergan.

Sehriyo Mahmudova – moda sohasida oʻz oʻrni va yoʻnalishini topa olgan, ekologik masʼuliyatni his qila oladigan yosh va iqtidorli dizaynerlardan biri. Uning Oʻzbekistonda ekologik barqaror modani targʻib qilishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlari mamlakatning yosh dizaynerlari sohani tubdan oʻzgartirib yuborishga qodir ekanliklari, nafaqat mamlakatda, balki dunyo moda sanoatida ham ajoyib oʻzgarishlar qila olishlarini koʻrsatadi.

Oʻzbekistonda Sehriyo Mahmudova kabi yosh va intiluvchan dizaynerlarning butun bir avlodi mavjud, ular moda olamiga oʻzlarining innovatsion gʻoyalari bilan yangi nafas olib kirishga harakat qilmoqdalar.

Oʻzbekiston modasining kelajagi yosh dizaynerning saʼy-harakatlari va ijodiy intilishlari bilan porloq boʻlishiga ishonchimiz komil.

Ayni vaqtda Sehriyo Mahmudova oʻzining shaxsiy brendiga asos solish ustida ishlamoqda. Dizayner brend oʻz faoliyatini keyingi yildan boshlashini maʼlum qilgan. Mazkur brend ekologik barqaror modaga bagʻishlangan boʻlib, uning tamoyillari va qarashlarini aks ettiradi. Sehriyo Mahmudova shaxsiy brendi kelgusida moda olamidagi ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi, ushbu yoʻnalishdagi barqaror taraqqiyotga boshqalarni ham ilhomlantirishiga umid bogʻlamoqda.

Sevinch Imminova

“SAAKINUN” brendi asoschisi Sevinch Imminova bolalikdan moda olamining shaydosi boʻlgan. Ammo u har doim ortiqcha bezaklardan holi, zamonaviy va sifatli liboslar topishda qiyinchilikka duch kelardi. Aynan mana shu muammolar uni oʻz brendiga asos solish, barcha talablarga javob bera oladigan zamonaviy obrazlar yaratishga undagan.

Albatta, ishning ilk bosqichi dizayner uchun oson boʻlmadi. Moda olamiga endigina kirib kelgan Sevinch koʻplab muammolar bilan toʻqnashdi. U brend konsepsiyasi, sifatli va liboslar uchun kerakli matolarni topish, ilk obrazlarni yaratish ustida tinimsiz ishladi. Boʻlgʻusi dizaynerning maqsadi oʻzida sipolik, joziba va uning moda olamiga boʻlgan qarashlarini aks ettiruvchi noyob uslubni birlashtirgan modellar yaratishdan iborat edi.

“SAAKINUN” faoliyatining birinchi yili – haqiqiy sinovlar davri boʻldi. Sevinch talab darajasini aniqlash, bozorni tahlil qilishda qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Biroq qatʼiyat va oʻz ishiga boʻlgan mehri tufayli qiyinchiliklarning barchasini yengib oʻtdi va oʻz brendini rivojlantirishda davom etdi.

Bir necha yil onlayn tarzda ish olib borgan “SAAKINUN” brendi oʻz mijozlariga ega boʻldi, mashhurlikka erishdi. Buyurtmalar soni koʻpaydi. Dizayner ana shundan keyin biznesini yanada rivojlantirishga bel bogʻladi va mijozlar bilan uchrashish, ularga konsultatsiya taqdim etish, liboslarni xarid qilishdan avval ularni kiyib koʻrish imkoniyati taqdim etiladigan shourum ochishga qaror qildi.

Shourumning ochilishi “SAAKINUN” brendining rivojlanishiga muhim bosqich boʻldi. U mijozlarga liboslarning sifati va detallarini yanada yaxshiroq baholash, brend falsafasini chuqurroq tushunishga yordam berdi. Shuningdek, bu Sevinch Imminovaga mijozlar bilan koʻproq muloqot qilib, ularning istaklariga quloq tutish, xohish va talablardan kelib chiqqan holda individual modellar yaratish imkoniyatini taqdim etdi.

“SAAKINUN” bugungi kunda innovatsiyalar tomon intilib, oʻz toʻplamlarini yanada yaxshilash ustida tinimsiz izlanishlar olib boryapti. Brend tomonidan taqdim etilgan har bir modelda sifat va detallarga katta eʼtibor qaratiladi. Sevinch va uning jamoasi doimiy ravishda yangi matolar izlab topadi, moda olamining eng soʻnggi tendensiyalarini kuzatadi va mijozlarning talablarini oʻrganadi.

“SAAKINUN” brendi mijozlarga zamonaviy, nafis va sifatli modellar taqdim etishdan gʻururlanadi, brendning har bir libosi oʻzbek modasining oʻziga xosligi va jozibadorligini aks ettiradi. “SAAKINUN” individuallikka urgʻu beradigan modellar yaratadi. Dizayner Sevinch Imminova va “SAAKINUN” brendi mijozlarga xursandchilik ulashish, moda olami rivojiga hissa qoʻshishni oʻzining oliy maqsadi deb biladi.

“SAAKINUN” brendi liboslarini yaratishda asosiy eʼtibor matolar sifati, ularning qulayligiga qaratiladi. Har bir model ustida ish olib borish jarayonida mavsum va mijozlar talabi hisobga olinadi. Yozgi modellar yengil va havo oʻtkazuvchi, jazirama kunlarda qulaylikni taʼminlovchi matolardan, qishki modellar esa zich toʻqimali va sovuq kunlarda issiqlikni saqlab turadigan matolardan tikiladi.

“SAAKINUN” brendi moda olamidagi tendensiyalarni oʻz uslubiga moslashtirish, modellarning qulay va sipo boʻlishiga intiladi. Dizayner Sevinch Imminova xalqaro moda olamidan ilhom oladi, trendlarni brend falsafasi bilan birlashtiradi.

Hafiza Xidirova

Moda – bu shunchaki liboslar emas, dizaynerning ichki olami, uning qarashlarini ifodalovchi sanʼat hamdir. Oʻzbekistonning yana bir isteʼdodli dizayneri – “By_Khafiza” brendi asoschisi va “By_Khafiza” dizayn maktabi rahbari Hafiza Xidirova hisoblanadi. Uning ijodiy ishlari ayollar goʻzalligi va jozibasini butun dunyoga namoyish etish ishtiyoqi bilan toʻyingan, dizayner oʻz qarashlarini aks ettirish uchun ajoyib yondashuvdan foydalanadi.

Dizaynerning toʻplamlarida nafislik va goʻzallik aks etgan. Modellarning har bir detali obdon oʻylab chiqilgan. Hafizaning asosiy ilhom manbai – tabiat manzaralari sanaladi. Ijodkor tabiat qoʻynida boʻlgan vaqti betakror liboslar yaratish uchun gʻoyalarga toʻlib-toshadi.

Hafiza gʻoyalarni bir yerga jamlagach, eskizlar ustida ishlaydi va har bir detalni obdon oʻylab chiqadi. Matolar tanlashga alohida eʼtibor qaratadi, Oʻzbekistondagi iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda liboslar yaratishda tabiiy matolardan foydalanadi. Ijodkor uzoq yillar davomida mijozlar uchun sevimli boʻlib qoladigan liboslardan iborat jamlanmalar yaratishga harakat qiladi.

“By_Khafiza” brendining liboslari kundalik va romantik uslubni xush koʻruvchi xonimlarga maʼqul kelishi shubhasiz. Ushbu liboslar kundalik hayotda, shuningdek bayramlarda ham qulaylik va zamonaviylikni xush koʻradigan ayol-qizlar uchun moʻljallangan. Hafiza 7 yildan buyon dizayn boʻyicha faoliyat olib boradi, har bir libosni oʻzgacha mehr va ishtiyoq bilan yaratadi. Ijodkor nozik xilqat vakilalariga goʻzallik va ishonch bagʻishlashga harakat qiladi.

Hafizaning orzulari betakror liboslar yaratishning oʻzi bilan cheklanib qolmaydi. U “By_Khafiza” dizayn maktabini rivojlantirib, yosh va iqtidorli dizaynerlarga taʼlim berish va ularni ham yangi marralar tomon ilhomlantirish ustida ishlamoqda. Dizayner maktabni umumtaʼlim oʻquv maskaniga aylantirishni, Oʻzbekistonning turli viloyat va tumanlarida filiallar ochishni, yosh dizaynerlarga rivojlanish va ijodiy gʻoyalarini amalga tatbiq etish uchun imkon berishni niyat qiladi.

“By_Khafiza” dizayn maktabini bugungi kunga qadar koʻplab dizaynerlar muvaffaqiyatli bitirishga ulgurgan. Ijodkorning jamoasi maktab oʻquvchilarini munosib ish bilan taʼminlashga harakat qilmoqda. Hafiza oʻz shogirdlarining iqtidori, ularning kelgusida mashhur dizaynerlar sifatida nom qozonishiga qattiq ishonadi, ular bilan gʻururlanadi, rivojlanishlari uchun yordam beradi.

Hafiza kelgusida oʻz liboslari bilan xalqaro bozorga ham kirib borish, Fransiya, Italiya, Amerika, Qatar, Dubay kabi mamlakat hamda shaharlarda joylashgan nufuzli salonlar, doʻkonlar bilan ishlashni reja qilgan. Dizaynerning betakror ishlari oʻz mijozlarini allaqachon topib ulgurgan. Ijodkor oʻzi yaratgan liboslar butun dunyo ayollariga quvonch keltirishi, ularning individualligi va goʻzalligiga urgʻu berishini istaydi.

 


Lifestyle


														
														22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

22-oktyabr —TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:57 / 22.10.2026

														
														21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

21-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:34 / 21.10.2026

														
														20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

20-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:26 / 20.10.2026

														
														Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishi kutilmoqda

Qirg‘iziston va Qozog‘iston musulmonlari diniy idoralari 2027-yilgi Ramazon oyi 8-fevralda boshlanishini prognoz qildi. Bu h…
15:31 / 19.10.2026

														
														19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026

														
														13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

13-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:35 / 13.10.2026

														
														4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026

														
														2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026

														
														30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

30-SENTYABR: TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
09:58 / 30.09.2026

														
														“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

Bu ham qiziq

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google Özbekistondagi islohotlarni Google Pay misolida yuqori baholadi

Google’ning rivojlanayotgan bozorlar böyiça davlat siyosati vitse-prezidenti Doron Avni Özbekistonda şaxsiy ma’lumotlarni hi…
09:27 / 31.10.2026
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026
Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekistonda yoğingarçilik kutilmaydi

Bugun Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yoğingarçilik kuzatilmaydi. Bu haqda Öz…
17:34 / 02.11.2026
Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkentdagi xalqaro turnirga kelgan qozoğistonlik yoş futbolçilar zaharlandi

Toşkent şahrida ötkazilayotgan «Döstlik Cup 2026» xalqaro futbol festivalida iştirok etiş uçun kelgan qozoğistonlik yoş futb…
17:24 / 02.11.2026
Ayol va uning tört farzandini yoqib yuborgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ayol va uning tört farzandini yoqib yuborgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan…
11:23 / 02.11.2026
Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimi xususiy sektorga ötkaziladi

Özbekistonda fuqarolarni xorijga işga joylaştiriş tizimini eng işonçli xususiy bandlik agentliklariga töliq ötkaziş rejalaşt…
15:03 / 02.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva TDT Oila va xotin-qizlar kengaşining ilk yiğilişida iştirok etdi

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Anqarada Turkiy davlatlar taşkiloti Oila va xotin-qizlar kengaşining birinçi yi…
09:32 / 31.10.2026
Özbekistonda mobil radarlar haqida ogohlantiruvçi belgilar majburiyati bekor qilindi

Özbekistonda mobil radarlar haqida ogohlantiruvçi belgilar majburiyati bekor qilindi

Hukumat qaroriga muvofiq, 2026-yil 30-oktyabrdan Özbekiston avtomobil yöllarida mobil radarlar joylaşgan hudud haqida haydov…
11:19 / 02.11.2026
Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

Özbekiston va AQŞ Sietlda sun’iy intellekt böyiça hamkorlik memorandumini imzoladi

30-oktyabr kuni AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida Özbekiston va AQŞ örtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik i…
12:30 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!