“Liverpul” vingeri “Real”ga qarshi Chempionlar ligasi finalini intiqlik bilan kutmoqda.
Madridliklar “Man Siti” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng misrlik o‘zining Instagram sahifasida shunday deb yozdi: “Bizda hal etilmagan masala bor”.
2018-yilda “Liverpul” va “Real Madrid” Chempionlar ligasi finalida to‘qnash kelishgan. O‘sha o‘yinda Salah birinchi bo‘limda Serxio Ramos bilan duel natijasida jarohat olib, almashtirildi. Natijada g‘alaba ispan klubiga nasib etdi (3:1).
Ma’lumot o‘rnida, bu yil “Liverpul” va “Real Madrid” 28-may kuni Parijda Chempionlar ligasi finalida o‘ynaydi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!