Jang Ahmadaliyevning IBF kamari uchun kechadi.
Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini filippinlik bokschiga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
Halqaro boks federasiyasi - IBF Murodjon Ahmadaliyev va Marlon Tapales jangiga rasman buyruq berdi va ularga muzokaralar uchun 25-oktyabrga qadar muddat belgiladi.
Filippinlik Marlon Tapales prof ringda 39 ta jang o‘tkazgan va ularning atigi uchtasida mag‘lub bo‘lgan. Ahmadaliyev esa 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Jang hamyurtimizning IBF kamari uchun bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Tapales Ahmadaliyev bilan shu yilning o‘zidayoq jang qilmoqchi ekanini bildirgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!