$
11963.23 UZS
50.85
155.35 UZS
1.96
13970.66 UZS
97.5
31° Kechasi 18°

Namangan shahar hokimi pora ortidan qo‘lga olindi

12:10 / 02.09.2025

Hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Namangan shahar hokimi va poyabzal ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari o‘zaro til biriktirib, qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarodan shahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylashgan ma’nan eskirgan turar-joy binolari o‘rniga ko‘p qavatli uy barpo etish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga 60 ming AQSh dollari talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda dastlab MChJ rahbari ushbu so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, shahar hokimi o‘zining yana bir ishonchli odami bo‘lgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MChJ rahbaridan 60 ming AQSh dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan

Hozirda Namangan shahar hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan unga va devonxona mudiriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, MChJ rahbariga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shahar hokimiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov doirasida hokimning boshqa noqonuniy harakatlariga nisbatan ham huquqiy baho beriladi.

Poraxo‘rlik bilan bog‘liq holat Toshkent viloyatida ham qayd etilib, xususan, Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi mahalliy fuqaroga tegishli uyning yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tuman hokimligi tomonidan tuziladigan ishchi guruh orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qiladi.

Lekin, ushbu pul mablag‘idan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlar uchun qancha mablag‘ sarflayapti?

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlar uchun qancha mablag‘ sarflayapti?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xi…
16:02 / 07.12.2025

														
														8-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘ar…
14:53 / 07.12.2025

														
														Suriyada qachon prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi?

Suriyada qachon prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi?

Suriyaning yangi konstitutsiyaga ko‘ra, to‘rt yildan so‘ng prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi.
10:16 / 07.12.2025

														
														Shahrixonda buzilgan tandirning pulini hokim to‘lab berdi

Shahrixonda buzilgan tandirning pulini hokim to‘lab berdi

Bu haqda Shahrixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Rahmatillo Razzaqov ma’lum qildi.
09:37 / 07.12.2025

														
														Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
17:53 / 06.12.2025

														
														Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tu…
17:38 / 06.12.2025

														
														Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 8–11-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:14 / 06.12.2025

														
														Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Qozog‘istonga 5,6 mln rublni “tashmachi” orqali olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchisi – 1995-yilda tug‘ilgan shaxs jami 5 mln 622 ming Rossi…
16:27 / 06.12.2025

														
														Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Buxoroda portlovchi moddalar ishlab chiqarish sexidagi portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Baxtsiz hodisa munosabati bilan prezident topshirig‘iga ko‘ra, Hukumat komissiyasi tuzildi.
15:59 / 06.12.2025

														
														7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechqu…
14:45 / 06.12.2025

Bu ham qiziq

Ronaldu telefon orqali suhbatda Trampga minnatdorchilik bildirdi

Ronaldu telefon orqali suhbatda Trampga minnatdorchilik bildirdi

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu AQSh prezidenti Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilib, Oq uyga safari va mehmondorchil…
14:23 / 07.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarovni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respubli…
13:05 / 06.12.2025
O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlar uchun qancha mablag‘ sarflayapti?

O‘zbekistonliklar tibbiy xizmatlar uchun qancha mablag‘ sarflayapti?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xi…
16:02 / 07.12.2025
UFC. Bogdan Guskov va Yan Blaxovich jangida durang qayd etildi

UFC. Bogdan Guskov va Yan Blaxovich jangida durang qayd etildi

AQShning Las-Vegas shahrida UFC 323 turniri o‘tkazilmoqda.
08:53 / 07.12.2025
Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Samarqandda 498 tup daraxt kesilishi ortidan tabiatga 2,2 mlrd zarar yetkazildi

Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.
17:53 / 06.12.2025
Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Jangarilar Sudanning Al-Fashir shahrida 60 ming odamni o‘ldirdi

Tinch aholiga uyushtirilgan bu kabi yirik qatllar bor-yo‘g‘i 3 hafta ichida yuz bergan.
14:48 / 07.12.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 8–11-dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
17:14 / 06.12.2025
O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

8–10-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi.
16:42 / 05.12.2025
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi

Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tu…
17:38 / 06.12.2025
Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Qashqadaryoda MChJ tomonidan 3,5 mlrd so‘mlik “svet” o‘marildi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 3 milliard 517 million so‘…
11:35 / 06.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!