Toshkentning Yunusobod tumanida giyohvand moddalar onlayn-do'konlari reklamasini tarqatgan voyaga yetmaganlar faoliyati to'xtatildi.
Poytaxt ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, patrul xizmati xodimlari 6-noyabr kuni soat 04:00 atrofida ikkita o‘smirni tekshiruvda o‘tkazgan. Tekshiruv davomida ular qora bo‘yoq qutilarini, telefonlarda esa narkodo‘konlarning grafiti reklamalari bo‘lgan joylarning fotosuratlarini topishgan. Yoshlar har bir yozuv uchun ularga Telegram messenjeri orqali 20 ming so‘m taklif etilganini tan olishgan.
“O‘smirlarning ota-onalariga nisbatan bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmaganlik uchun protokollar tuzildi. Ish materiallari Yunusobod tuman sudiga topshirildi” – deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!