Giyohvandlik vositalari kontrabandasi va savdosiga qarshi kurashish doirasida 2025-yilning avgust oyida DXX Chegara qo‘shinlari va Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Uzun tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, 2005 va 2006-yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro davlat chegarasini buzgan holda, Tojikiston Respublikasidan 20 kg 374 gr “opiy” va 41 kg 668 gr “gashish” moddalarini olib kelgan vaqtlarida ushlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sheriklari – Uzun tumanida yashovchi, 2000 va 2004-yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs hamda ajal og‘usining buyurtmachisi hisoblangan, Denov shahrida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudining hukmiga asosan, qonunbuzarlar tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 223, 246, 273-moddalari bilan aybli deb topilib, ularning har biriga nisbatan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Jinoyatga jazo muqarrar. Hech bir sabab – bunday jinoyatni sodir etishga majbur bo‘lganlikni oqlamaydi. Zero, uning ortida minglab insonlarning sog‘ligi va taqdiri yotibdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!