Surxondaryo viloyatidagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida Buxoro tog‘ qo‘yini noqonuniy ovlagan shaxs aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 14-fevral kuni Uzun tumani “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligi, “Fayzova” o‘rmon bo‘limining “Archa buloq” massivi hududida sodir bo‘lgan. Sho‘rchilik fuqaro “REMINTON-700 RR 33340 M” bir stvolli silliq ov quroli bilan “Qizil kitob”ga kiritilgan bir bosh erkak “Buxoro tog‘ qo‘yi (Ovis vignei Blyth)”ni noqonuniy ravishda ovlagan.
“Qizil kitob”ga kiritilgan ushbu jonivorning o‘ldirilishi oqibatida hayvonot dunyosiga 412 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Yetkazilgan zararni qoplash aybdor deb gumon qilinayotgan shaxsni belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod etmaydi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!