NATO Uchinchi jahon urushi ehtimoli yuzasidan reja tayyorlamoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
“NATO Logistika qo‘mondonligi rahbari general-leytenant Aleksandr Zolfrankning aytishicha, alyans Rossiya Federatsiyasi bilan urush bo‘lgan taqdirda yaradorlarni front chizig‘idan keng ko‘lamli evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bilan keng ko‘lamli mojaro katta ehtimol bilan NATO qo‘shinlarining ulkan jang maydonida katta talofatlarga olib kelishi mumkin.
Nemis harbiylari Rossiya 2029-yildayoq NATO davlatlariga hujum qilishi mumkinligini taxmin qilmoqda”, – deb xabar bermoqda manba.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!