Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning ma’lum qilishicha, joriy yilning birinchi yarmida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 7 ming 420 ish ko‘rib chiqilgan.
Natijada 3 mingdan ziyod fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan. Hisobot davrida ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 4 mingga yaqin ish ko‘rib chiqilgan.
Xususan, hokim qarorini haqiqiy emas, deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 1 ming 397 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 481 arizasi qanoatlantirilgan. Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 1 ming 701 ish ko‘rib chiqilgan.
Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 209 ta qaror bekor qilinib, 8 ta qaror o‘zgartirilgan. Kassatsiya tartibida 584 ta ish ko‘rib chiqilgan. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 47 ta qaror bekor qilinib, 3 ta qaror o‘zgartirilgan. Taftish tartibida 986 ta ish ko‘rib chiqilgan. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 65 ta qaror bekor qilinib, 3 ta qaror o‘zgartirilgan.
Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida mingdan ziyod shikoyat va protest o‘rganib chiqilib, shundan 179 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqilgan. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 34 tasi bekor qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!