$
12023.46 UZS
-42.76
₽
149.44 UZS
-0.3
€
13461.47 UZS
17.29
31° Kechasi 18°

"Oltin ko'prik"ning qulashi yoxud Vizantiya imperiyasining intihosi. Konstantinopolning fath etilganiga 569 yil boʻldi

12:36 / 29.05.2022

Shunday strategik muhim geografik hududda joylashgan va taraqqiy etgan shaharlardan biri, Oʻrta asrlarda “Oltin koʻprik” nomini bilan mashhur boʻlgan Konstantinopol shahri hisoblanadi.

Bundan roppa-rosa 569 yil oldin 1453 yil 29 may kuni Usmonli turk Sultoni Mehmed II Fotih Konstantinopol shahrini ikki oylik qamaldan soʻng egallab, uni Istanbul deb nomlagan va Usmonli imperiyasining poytaxtiga aylantirgan edi. Bugungi maqolamizda aynan Konstantinopol shahrini Usmonli turklar tomonidan egallanishi haqida qisqacha soʻz yuritamiz.

Yangi barpo etilgan poytxat

Oʻrta asrlarda mashhur boʻlgan Konstantinopol shahri Rim imperatori Konstantin I tomonidan 324-330 yillarda qadimgi Bizans shahri ustiga qurdirgan hamda uning sharafiga Konstantinopol deb nomlangan. Ushbu shahar paydo boʻlganidan, to 1453-yilgacha Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti hisoblangan. Shahar xuddi Rim singari yetti tepalik ustida barpo qilingan boʻlib, har bir tepalikda bittadan cherkov qurilgan edi. Bu shaharni “Yangi Rim”, “Ikkinchi Rim”, “Sharqiy Rim”, “Megapolis” (katta shahar), “Shaharlar  malikasi”, “Oltin koʻprik” degan nom bilan ham mashhur boʻlgan.

Sulton Mehmed II Fotih

XIV asrning oxirlariga kelib, Usmonli saltanati Kichik Osiyoning deyarli barcha qismini egallab, Yevropaga qadam qoʻygan edi. Imperiya Konstantinopolni har tarafdan oʻrab qoʻygan edi. 1391-yilda Sulton Boyazid Yildirim shaharni egallashga urinib koʻradi. Ammo 1396-yilda Vengriya qiroli Zigizmond salib yurishi eʼlon qilishi oqibatida qamalni toʻxtatishga majbur boʻladi. 1402-yilda Anqara jangida Boyazidning Amir Temur tomonidan magʻlub etilishi, Konstantinopol fathini 50 yilga kechiktirib yuboradi.

1451 yilda Sulton Murod II Gʻoziy vafot etdi. Taxtni uning 19 yoshli oʻgʻli Mehmed egalladi. Yosh Sulton Mehmed II ni Yevropaning aksar hukmdorlari voyaga etmagan va qobiliyatsiz yigit deb hisoblashgan. Musulmonlar uchun Konstantinopol vaʼda qilingan shahar edi. Islom eʼtiqodiga koʻra, paygʻambar Muhammad (s.a.v) bu shahar qulashi haqida bashorat qilgan. Mehmed II taxtga oʻtirgandan soʻng, Konstantinopolni egallash hamda Usmonli imperiyasining poytaxtiga aylantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Buning uchun Sulton kecha-yu kunduz saroydan chiqmay Konstantinopolni egallash uchun rejalar tuzadi.

Sulton Mehmed II Fotih

Konstantinopol shahrining joylashuvi

Konstantinopol shahri Marmar dengizi va Oltin Shoh qirgʻoqlarida joylashgan boʻlib. Dengiz qirgʻogʻida joylashgan mudofaa inshootlari shahar devorlari hamda qirgʻoqni dushmandan himoya qilgan. Marmar dengizi mudofaachilar uchun eng xatarsiz qirgʻoq hisoblangan. Chunki Marmar dengizining tez oqimi dushman dengiz kuchlarini quruqlikka tushishiga imkon bermas edi. Shaharning bu qismi VII asrda qurilgan bitta devor bilan himoyalangan boʻlgan. Urushga tayyorgarlik

Sulton Mehmed II Konstantinopolga harbiy harakatlar boshlanishidan oldin, venger toʻp ustasi Urbanni oʻz xizmatiga oladi. Urban sulton Mehmedga uch oy ichida “Bazilika” deb nomlangan ulkan zambarak yasab beradi. Bu ulkan toʻp oʻsha davr moʻʼjizasi edi. Ulkan zambarakning uzunligi 8 m boʻlib, 1,6 km masofaga 270 kg ogʻirlikdagi tosh toʻplarni uloqtirishga qodir boʻlgan.

Qamalda qatnashgan Nestor Iskandar xotirasida shunday deb yozgan: “Ularning ikkita ulkan zambaraklari bor edi, oʻqlarning kattaligi biri tizzagacha, ikkinchisi esa belga qadar edi”.

"Bazilika" zambaragi

Ammo ulkan zambarakning bir nechta kamchiliklari boʻlib, oʻqlash uchun uch soat vaqt ketgan. 1452 yil kuzida turklar Peleponnesga bostirib kirib, u yerni egallaydi. Sulton Mehmed II Frakiya sohilidagi barcha shaharlarni bosib olishni buyurdi. Shu orqali Sulton shaharni tashqi aloqadan uzib qoʻyishni reja qilgan edi. 1453 yil mart oyida Konstantinopol shahri devorlari yaqinida harbiy qarorgoh barpo etildi. Turklar 6 aprel kuni shaharni qurshab olishga kirishdi. Dastlab Sulton Mehmed II taslim boʻlish taklifi bilan imperator Konstantin XI ga elchilar yuboradi.

Agar shahar taslim boʻlsa, Sulton Mehmed aholining joni va mol-mulkini saqlashga vaʼda berdi. Imperator esa shahar taslim boʻlmasligini bildirib, rad javobni yoʻllaydi. Natijada sulton shaharga hujum boshlashga buyruq beradi.

Sulton Mehmed II Konstantinopol shahrini dengizdan ham qurshab olish maqsadida, quruqlik yoʻli orqali turk kemalarini Oltin Shox koʻrfaziga sudrab olib oʻtishni buyuradi. Bunga sabab shaharga olib boruvchi dengiz yoʻllari ulkan zanjir bilan toʻsib qoʻyilgani edi.  Sulton qoʻshini harbiy kemalarni balandligi 60 metr boʻlgan tepalikdan olib oʻtib, Oltin Shox koʻrfaziga tushirishga muvaffaq boʻladi. 26-27 may kunlari shahar devorlari qattiq oʻqqa tutiladi, 29 may kuni sulton qoʻshini hujum boshlaydi. Hujum vaqtida Andrianopol darvozasi ishgʻol etiladi. Sulton Mehmed II aynan shu darvoza orqali Konstantinopolga bostirib kiradi.

Turklar shaharni bosib olganlaridan soʻng koʻplab erkaklar va ayollarni Buyuk Konstantin ustuni yoniga toʻplaydilar. Sababi nasroniy eʼtiqodidagi bashoratga binoan, turklar bu ustunga yetib borishi bilan osmondan bir farishta tushib, qirollik toji va qilichini ushbu ustun yonida turgan bir insonga topshirishi aytilgan. Turklar shaharni egallashdi, lekin bashorat amalga oshmadi.

Sulton Konstantinopolni Usmoniylar imperiyasining poytaxtiga aylantirmoqchi boʻlgani uchun shahar binolariga zarar yetkazmaslikni buyuradi. Imperator Yustinian zamonidan qolgan mashhur yodgorlik, Ayo Sofiya ibodatxonasi Sulton buyrugʻiga koʻra saqlab qolinadi. Keyinchalik bu ibodatxona Avliyo Sofiya nomi ostida sultonning asosiy masjidiga aylangan. Konstantinopol nomini esa Istanbul deb oʻzgartilgan. 

Gʻarbiy Rim imperiyasi qulaganidan qariyb ming yil oʻtib, 1453 yilda Mehmed II Fotih Konstantinopolni egallab, imperatorlik toji va muhrini Vatikanga joʻnatdi. Shu tariqa sharqiy Rim imperiyasiga intiho yasaldi.


Qiziqarli


														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

Bu ham qiziq

Ayol va uning tört farzandini yoqib yuborgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Ayol va uning tört farzandini yoqib yuborgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan…
11:23 / 02.11.2026
Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Toşkent şahrida yaşirin pivo işlab çiqariş sexi foş etildi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkor…
12:11 / 30.10.2026
Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Xazonlarni yoqmang, tabiatni va özingizni zaharlamang!

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi dala maydonlarida anğiz, xazon, şox-şabba va boşqa ösimliklar qoldiqlariga öt qö…
10:08 / 02.11.2026
Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkentdagi köp qavatli uylar hovlisidan avtoturargohlar çiqariladi

Toşkent şahridagi köp qavatli uylarning içki hovlilaridan avtoturargohlar va avtomobil yölaklarini taşqariga çiqariş rejalaş…
11:28 / 02.11.2026
Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Mirziyoyev ayrim hududlarda mehnat migrantlari daromadi pastligini tanqid qildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasiga bağişlangan yiğilişda hududlar kesimida xorijda işlayotgan fuqarolarning ö…
11:48 / 02.11.2026
Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasi faoliyati yölga qöyiladi

Özbekistonda kelasi yili ikkita yirik xalqaro rekruting kompaniyasining faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilmoqda. Ular muta…
12:42 / 02.11.2026
Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali bölimi boşliği va ustasi uşlandi

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahri bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Hududiy ele…
22:50 / 30.10.2026
Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda yiliga kamida 30 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda

Özbekistonda har yili kamida 30 ming nafar mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassis tayyorlaş rejalaştirilmoqda. Bunin…
12:21 / 02.11.2026
Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Mirziyoyev xorijdagi özbekistonliklar muammolarini hal qiliş uçun yangi tizim joriy etişni topşirdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 2-noyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi «Intil» xalqaro til va kasbga öqitiş markazida…
12:51 / 02.11.2026
Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 45 ming mutaxassisga buyurtma tuşdi, Özbekistondan 2 ming kişi işga joylaşdi

Germaniyadan 2026-yil davomida Özbekistonga 45 ming nafar mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Biroq hozirgaça atigi 2 m…
12:07 / 02.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!