$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Terrorizmni moliyalashtirgan va Suriyaga borishga uringan o‘zbekistonlik 10 yilga qamaldi

09:32 / 14.08.2026

Suriyadagi terroristik tashkilotlar targ‘ibotiga berilib, ularning faoliyatini moliyalashtirgan hamda jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga borishga uringan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

1995-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro 2017-yilda Janubiy Koreyadagi nufuzli universitetlardan biriga o‘qishga kirgan. Xorijda tahsil olayotgan vaqtida u ijtimoiy tarmoqlar orqali “jihod”, “hijrat” va “shahidlik”ni targ‘ib qiluvchi audio va videolarni ko‘rgan.

Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlar aks etgan materiallar ta’sirida u aqidaparastlik g‘oyalariga berilgan. Keyinchalik Instagram va Telegram orqali Suriyada faoliyat yuritgan “Tavhid va jihod katibasi” hamda “G‘uroba katibasi” kabi terroristik tashkilotlarga aloqador shaxslar bilan muloqot qilgan va ularga oid materiallarni tarqatgan.

Universitetni tamomlagach ham Janubiy Koreyada qolgan fuqaro “G‘uroba katibasi” terroristik tashkilotining media blogeri “Saad Muxtor”ning internet orqali qilgan aldovlariga ishongan va unga pul yuborgan.

2023-yil dekabr oyida O‘zbekistonga qaytgan. 2024-yil iyulida esa Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Turkiyaga borgan. Biroq rejasi amalga oshmagan va u O‘zbekistonga qaytgan.

Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro qo‘lga olingan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Sud uni Jinoyat kodeksining jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash va tarqatish, taqiqlangan diniy-ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish, terrorchilik faoliyati maqsadida o‘quvdan o‘tish yoki harakatlanish hamda terrorizmni moliyalashtirishga oid moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

Unga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi to‘rt nafar fuqaro ham Rossiyada terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilish, taqiqlangan materiallarni tarqatish va terrorchilik faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Ularning har biri 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														
														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														
														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														
														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														
														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														
														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

														
														Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

Suvdan qarzni yopish bahonasida 25 kishini “uxlatgan” nazoratchi ushlandi.

“Buxoro suv ta’minoti” AJning sobiq nazoratchisi 25 nafar fuqarodan suv iste’moli uchun deb olgan mablag‘larni o‘z ehtiyojla…
17:08 / 04.09.2026

														
														Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi

3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yill…
14:50 / 04.09.2026

														
														Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026

														
														Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026
YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026
Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Isht…
15:11 / 02.09.2026
Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Ohangaronda Lacetti Isuzu bilan to‘qnashib ketdi

Hodisa kecha, 2-sentyabr kuni soat taxminan 18:30larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent -…
09:59 / 03.09.2026
Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026
Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Farg‘ona va Namanganda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahrida giy…
10:32 / 04.09.2026
Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

Pentagon harbiylar uchun testosteron tekshiruvini vaqtincha bekor qildi

AQSh Mudofaa vazirligi 30 yosh va undan katta harbiy xizmatchilarda testosteron yetishmovchiligini majburiy tekshirishni naz…
09:27 / 04.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!