$
11918.98 UZS
57.02
₽
148.04 UZS
0.91
€
13283.70 UZS
5.42
31° Kechasi 18°

O‘zbek paxtasiga global boykot bekor qilindi

11:06 / 11.03.2022

“Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi o‘zbek paxtasini global boykot qilish chaqirig‘i tugaganini eʼlon qildi.

Bu haqda joriy yil 10-mart kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi vakillari hamda “Cotton campaign” xalqaro koalitsiyasi delegatsiyasi aʼzolari ishtirokida O‘zbekiston paxtachilik sohasida yaratilgan mehnat sharoitlariga bag‘ishlangan press-brifingda maʼlum qilindi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva hozirda mehnat qonunchiligida xalqaro standartlarni joriy etish, majburiy mehnatga qarshi kurashishning institutsional asoslarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasida O‘zbekistonda tizimli majburiy mehnat va bolalar mehnatiga to‘liq barham berilganini taʼkidladi.

“Biz hukumatning majburiy mehnatga barham berish va O‘zbekiston paxta sektorini isloh qilish uchun zarur bo‘lgan islohotlarni taklif qilishda va amalga oshirishdagi yetakchiligini yuqori baholaymiz. So‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan erishilgan natijalar “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi tomonidan o‘zbek paxtasiga nisbatan eʼlon qilingan boykotni olib tashlash uchun asos bo‘ldi”, – deydi “Cotton Campaign” taʼsischilaridan biri Bennet Friman. .

Taʼkidlanishicha, O‘zbek paxtasidan boykotning olib tashlanishi birinchi navbatda tekstil sanoatida dunyodagi yetakchi korxonalarning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishiga imkon yaratadi.

Shuningdek, ushbu eʼtirof mamlakatda millionlab odamlarga yangi ish o‘rinlarini yaratishga, qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga, to‘qimachilik mahsulotlarining eksport hajmini oshirishga hamda sohada xalqaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etildi. 


Bu ham qiziq

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina Oleşki şahrida vaqtinçalik öt oçişni töxtatdi

Rossiya va Ukraina 2026-yil 27-oktyabr kuni Xerson viloyatining Rossiya qöşinlari nazoratidagi Oleşki şahrida gumanitar oper…
09:57 / 27.10.2026
Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

Tramp ma’muriyati Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi bo‘lishni taklif qildi — WSJ

AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orbanga BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzodini …
16:31 / 26.10.2026
Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Mirziyoyev: Sönggi 10 yilda 10 million aholiga xizmat körsatuvçi tibbiyot muassasalari işga tuşdi

Prezident Şavkat Mirziyoyevning tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uçraşuvi boşlandi. Davlat rahbari yiğilganl…
11:35 / 27.10.2026
Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumanida rahbarning turmuş örtoği mudir etib tayinlangani yuzasidan xizmat tekşiruvi boşlandi

Toşkent tumani tibbiyot birlaşmasi rahbari Husan Asadovning turmuş örtoği Gulnora Asadovani Tumanlararo perinatal markazi mu…
09:47 / 27.10.2026
Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryoda ikki kişini öldirgan ayol 13 yil 4 oyga qamaldi

Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida erining qonuniy rafiqasi va uning ikki qiziga piçoq bilan hujum qilgan 29 yoşli ayolga s…
11:59 / 26.10.2026
Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

Andijonda Labo Malibu-2 bilan töqnaşdi

26-oktyabr kuni Andijon şahridagi Bobur şoh köçasida Labo va Malibu-2 avtomobillari iştirokida yöl-transport hodisasi sodir …
16:33 / 26.10.2026
“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” hududida kino şaharçasi taşkil etiladi

“Özbekfilm” kinostudiyasining 10 gektarlik hududida kino xizmatlarini birlaştiruvçi “Özbekfilm kino şaharçasi” taşkil etilad…
17:58 / 26.10.2026
Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Kino orqali milliy özlikni dunyoga tanitiş muhim

Prezident milliy kino san’ati orqali Özbekiston tarixi, madaniyati va milliy qahramonlarini xalqaro miqyosda keng tarğib eti…
17:37 / 26.10.2026
Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Tibbiyot xodimlari uçun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilişi taklif qilindi

Prezident Şavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi özgarişlarda 800 mingdan ziyod xodim munosib hissa qöşayotg…
11:47 / 27.10.2026
Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyada avtobus 20 metrli jarlikka qulab, 83 kişi jarohatlandi

Ispaniyaning Barselona şahri yaqinida avtobusning taxminan 20 metr çuqurlikdagi jarlikka qulaşi oqibatida 83 kişi jarohatlan…
10:26 / 27.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!