$
11997.83 UZS
18.19
167.31 UZS
-0.21
13967.87 UZS
66.7
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston maktablarida kasbga yo‘naltirish 7-sinfdan boshlanadi

15:36 / 08.01.2026

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni parlament va xalqqa yo‘llagan murojaatnomasida kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratishni kelgusi yil uchun dasturning to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab berdi.

Davlat rahbari hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt ta’sirida dunyoda ish o‘rinlarining soni, shakli va mazmuni keskin o‘zgarayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi to‘liq avtomatlashtiriladi, 50 foizi bo‘yicha esa yangi malakalar talab qilinadi.

O‘zgarishlarga moslashish uchun yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish taklif qilindi.

“Sanoatda — avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada — aqlli texnologiyalar, transportda — intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bormoqda. Endi mamlakatimizning mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida — kasb, malaka, texnologiya va ta’limni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur”, — dedi prezident.

Prezident kasbiy yo‘naltirish maktab davridayoq boshlanishini ma’lum qildi.

“Mutaxassislarning fikricha, bolada biror-bir kasbga qiziqish 7-sinfdan boshlanib, qaysi kasbni tanlashi 9-sinfda to‘liq ma’lum bo‘ladi”, — dedi u.

Shu bois 9-sinf bitiruvchilarini fanlarni o‘zlashtirishi va kasbiy qiziqishiga qarab saralab olish tizimini joriy qilish rejalashtirilmoqda. Bunda oliygohlarga kirish istagida bo‘lmagan yoshlar texnikumlarga yuboriladi.

Davlat rahbari yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dasturni tasdiqlanganini eslatdi:

“2026-yildan boshlab, har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boramiz”, — dedi u.

Bundan tashqari, Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi.

Prezident, shuningdek, kasbga yo‘naltirishning yangi shakllari yaratilishini ma’lum qildi:

“2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va „Kasblar shaharchasi“ faoliyati yo‘lga qo‘yiladi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” — maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Prezident bu tizim mamlakatda uch yil oldin yo‘lga qo‘yilgani va o‘quvchilar qamrovi 15 foizga yetkazilganini aytdi.

U keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun avtomobilsozlik, “yashil” energetika, qurilish, transport, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, turizm, servis, IT kabi yo‘nalishlarda 70 mingga yaqin o‘quvchi “dual ta’lim” asosida o‘qib, oyiga 10 million so‘mgacha maosh olmoqda.

Endi texnikum va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi.

“„Dual ta’lim“ asosida o‘qitishni samarali tashkil qilgan korxonalarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi; tadbirkorlik reytingida qo‘shimcha 5 ball beriladi; korxonalar ishga olgan texnikum o‘quvchisi uchun 1 foizli ijtimoiy soliq imtiyozi yana uch yilga uzaytiriladi”, — dedi prezident.

Stipendiyalar va xalqaro OTMlar

“2026-yildan boshlab texnikumlarda ta’lim olayotgan 100 ming o‘quvchiga ilk bor stipendiya to‘lanadi; “a’lo” baholarga o‘qiyotgan, tanlagan kasbini puxta egallayotganlarga esa oshirilgan miqdordagi stipendiyalar beriladi”, – dedi prezident.

Murojaatnomada yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berildi.

“Jizzax politexnika institutini Vengriyaning nufuzli „Obuda“ universiteti boshqaruviga berish bo‘yicha qaror qabul qildik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, Yaponiyaga tashrif davomida O‘zbekistonda “Sukuba” milliy universiteti bilan hamkorlikda aniq fanlar bo‘yicha yangi oliygoh tashkil qilish haqida kelishib olingan.

Prezident, shuningdek, oliygohlar bitiruvchilari uchun raqamli ekotizim yaratilishini aytdi. “Endi oliygoh bitiruvchilari va ish beruvchilar o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qiladigan raqamli ekotizim yaratamiz”, — dedi u.

Unda talabalarning akademik ko‘rsatkichlari va korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn tarzda ko‘rinib turadi. Ushbu ekotizim bitiruvchi kurs talabalari uchun o‘ziga mos ish topish, korxonalarga esa malakali kadrlarni jalb qilish imkonini beradi.

Tibbiyot haqida gapirar ekan, Shavkat Mirziyoyev bu yil sog‘liqni saqlash xodimlari bilan ikki marta uchrashib, ko‘rib chiqilgan barcha masalalar bo‘yicha alohida farmon va qarorlar qabul qilinganini qayd etdi.

“Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning Pearson kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi”, — dedi u.

 


Bu ham qiziq

Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Soliq inspeksiyasida korrupsiya holati fosh etildi

Korruptsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tom…
10:15 / 26.05.2026
AQShda Tramp surati tushirilgan 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin

AQShda Tramp surati tushirilgan 250 dollarlik banknota chiqarilishi mumkin

AQShda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Donald Tramp tasviri tushirilgan 250 dollarlik yangi banknota …
10:30 / 29.05.2026
Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Yevropa Ittifoqi «Temu» platformasini jarimaga tortdi

Platforma xavfli mahsulotlar savdosini yetarlicha nazorat qilmagani uchun 200 mln yevro miqdorida jarimaga tortildi.
13:57 / 30.05.2026
29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
19:29 / 28.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi Qurbon hayiti arafasida oziq-ovqat narxlarini asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari hamda respublika hududlaridagi savdo komplekslariga Qurbon hayiti arafasida narxlar…
11:13 / 26.05.2026
30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

30-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:35 / 29.05.2026
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimla…
12:43 / 28.05.2026
Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Toshkentda aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fu…
12:13 / 26.05.2026
Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Kichik biznes uchun e’lon qilingan yangi yengilliklar tadbirkorlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Ko‘p yillardan buyon biznes vakillari QQSga o‘tishdagi 1 milliard so‘mlik chegara pastligi, murakkab soliq tizimi hamda orti…
11:00 / 29.05.2026
Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari kuchli mudofaa chiziqlarini yorib o‘tgan, strategik ahamiyatga ega hududlarni nazora…
17:38 / 31.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!