Soliq qo‘mitasi ayrim tadbirkorlar faoliyatida plastik kartadan plastik kartaga (P2P) o‘tkazmalar orqali amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalarini tahlil qilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayrim holatlarda P2P o‘tkazmalar orqali olingan daromadlar soliq hisobotlarida aks ettirilmayapti. Natijada davlat byudjetiga tushishi lozim bo‘lgan mablag‘lar to‘liq shakllanmay qolmoqda.
Shu sababli soliq organlari yuridik shaxslar bilan bog‘liq rahbar xodimlarning plastik kartalariga tushgan mablag‘lar yuzasidan tahliliy o‘rganish olib bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!