$
11847.16 UZS
52.28
141.44 UZS
2.77
13843.41 UZS
157.81
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlandi (foto)

09:26 / 19.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi yakunlandi.

Davlat rahbari 17-avgust kuni Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan muzokara o‘tkazdi. Uning natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot, shuningdek, energetika, bojxona, fuqaro aviasiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari sohalarida 15 ta hujjat qabul qilindi.

18-avgust kuni Islom hamkorlik tashkiloti hamda Islom taraqqiyot banki rahbarlari, saudiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Makka va Madina shaharlari ziyorati ham tashrifning alohida e’tiborli voqeasi bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrifi chog‘ida muqaddas Makka shahrida ham bo‘lib, umra amallarini bajardi.

Davlat rahbari dinimiz arkonlariga muvofiq ehromga kirib, namoz o‘qidi, talbiya aytib, Masjidul Haramga bordi.

Ma’lumki, Ka’batullohning ichiga kirish musulmonlar orzu qiladigan ulug‘ sharafdir. Prezidentimiz ana shunday sharafga muyassar bo‘lib, Ka’batullohning ichida namoz o‘qidi.

So‘ng, Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita sa’y qilindi.

Mamlakatimiz delegasiyasi a’zolari, ulamo va ziyolilar bilan birgalikda yurtimizga tinchlik va taraqqiyot, xalqimizga salomatlik va farovonlik tilab duolar o‘qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgustga o‘tar kechasi Jiddadan Toshkentga jo‘nab ketdi.


Bu ham qiziq

“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

“10 ming korxona uchun – sun’iy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi

Korxonalarga sun’iy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.
12:48 / 18.08.2026
Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisi bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida unga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent…
14:43 / 19.08.2026
O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonda elektrdan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga salkam 4 mlrd so‘m zarar yetdi

O‘zbekistonning bir qator hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq yirik qoidabuzarliklar aniqla…
15:09 / 17.08.2026
Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tk…
09:14 / 18.08.2026
Ronaldu joriy yil oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin

Ronaldu joriy yil oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu 2026-yil yakunida professional faoliyatini tugatishi mumkin. Bu haqda futbo…
11:45 / 17.08.2026
Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi.
14:31 / 19.08.2026
Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulangan 51 y…
09:48 / 19.08.2026
“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

“Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” yo‘lida mudhish YTH

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi aks etgan video keng ta…
14:22 / 18.08.2026
Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxorodagi 21-sonli MTTning ochilish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Buxoro tumanida zamonaviy va energiyatejamkor talablar asosida rekonstruksiya qilingan 21-sonli MTTning oc…
12:34 / 21.08.2026
Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

Tramp Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi

AQShprezidenti Donald Tramp Pentagon rahbari Pit Hegsetga Janubiy Koreya bilan o‘tkazilayotgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarn…
10:21 / 17.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!