$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
14° Kechasi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish taklif etildi

10:12 / 20.09.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentyabr kuni atrof-muhitni muhofaza qilish va turizm sohalaridagi takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Hozirgi kunda havoni musaffo saqlash, ekologik hodisalarning ta’sirini kamaytirish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Shu bois bu borada ikkita dastur ishlab chiqildi.

Birinchisi – Chang bo‘ronlariga qarshi kurashish va ularning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha 2024 - 2030-yillarga mo‘ljallangan milliy dasturdir. Bu hujjatda “Yevro-4” standartidan past toifadagi yoqilg‘ini sotish va undan foydalanishni bosqichma-bosqich to‘liq taqiqlash nazarda tutiladi. Buning uchun Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari yuqori sifatli yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha modernizatsiya qilinadi.

Ikkinchisi – Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi bo‘lib, unga ko‘ra, kelgusi 5-yilda poytaxtimiz va unga tutash Toshkent viloyati tumanlarida 441 gektar “yashil belbog‘” va bog‘lar tashkil qilinadi.

Sanitar tozalash ishlarini tartibga solish maqsadida mavjud markaz negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligini tuzish taklif etilmoqda. Sanitar tozalash korxonalarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga qarab, uchta toifaga ajratgan holda reyting tizimi joriy qilinadi.

Yangi quriladigan, balandligi 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan binolarni loyihalashtirishda unga tutash hududlarning kamida 25 foizini ko‘kalamzorlashtirish talabi qo‘yiladi. Shuningdek, atrof-muhitga zarari ko‘p sanoat korxonalari ham “yashil belbog‘”lar barpo etish majburiyatini oladi.

Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Faol va jonkuyar insonlarni rag‘batlantirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ekolog” faxriy unvonini ta’sis etish taklifi bildirildi.

Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish imkoniyati, ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Orxus konvensiyasiga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik bo‘yicha modda kiritish maqsadga muvofiqligi aytildi. Shuningdek, daraxtlarni kesish va qasddan quritish, daryo o‘zanlaridan noqonuniy qum-shag‘al qazib olish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash kabilar uchun jarimalarni oshirish va qat’iylashtirish choralari ko‘riladi.  

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi qarori bilan respublikada ekologik markirovkalash tizimi joriy etilgan. Endi ISO 14024 xalqaro standartiga muvofiq, “Yashil belgi” nomi ostida mahsulot va xizmatlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash yo‘lga qo‘yiladi. 2 ming 336 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda avtomatik monitoring stansiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari va suv tozalash inshootlarini o‘rnatish bo‘yicha tarmoq jadvallari tasdiqlanadi.

Ekologiya vazirligi huzurida jamoatchilik nazorati ostida boshqariladigan va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Yashil xayriya jamg‘armasi” tashkil etiladi. Elektron xarid ilovalarida “Yashil to‘lov” ixtiyoriy ustama turi ochiladi.

Sohadagi yana bir muammo yovvoyi hayvonlarni asrash bilan bog‘liq. Ularni xonadonlarda boqish huquqiy jihatdan tartibga solinmagan. Shu bois endi yovvoyi hayvonlarni uy sharoitida, sirk va shapitolarda saqlash hamda tomoshalarda foydalanish taqiqlanadi. Jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirklarda saqlanuvchi bunday jonzotlar hayvonot bog‘laridagi reabilitatsiya markazlariga, okeanariumlar, pitomnik va ilmiy-tadqiqot muassasalariga topshirilishi belgilanmoqda.

Taqdimotda tibbiy turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Shu maqsadda O‘zbekiston bu yo‘nalishda Markaziy Osiyoning “chorlovchi nuqtasi” sifatida targ‘ib qilinadi. “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” dasturi amalga oshiriladi. Tibbiy va sog‘lomlashtirish muassasalari faoliyati rag‘batlantirilib, ularning yagona reyestri ishga tushiriladi. Mehmonxonalar kabi yulduzli sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

 

 

Davlat rahbari bular bo‘yicha hujjat loyihalarini puxta ishlab chiqish va ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


O‘zbekiston


														
														22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024

														
														Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
22:39 / 21.11.2024

														
														Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Poytaxtning ayrim ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.
21:39 / 21.11.2024

														
														O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024

														
														Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
17:31 / 21.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston R…
17:23 / 21.11.2024

														
														Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Gaz xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan aholi isteʼmolchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvch…
14:24 / 21.11.2024

														
														Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024

														
														Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Metroning 4 ta bekatida hojatxonalar qurilishi boshlandi

Qurilish boshlangan bekatlar quyidagilardir: “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Paxtakor” va “Beruniy”.
12:04 / 21.11.2024

														
														Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Raqobat qo‘mitasi BFQ reklamasi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi

Shu sabab qo‘mita ushbu mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotganlarni ogohlantirdi.
10:58 / 21.11.2024

Bu ham qiziq

Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
13:43 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tayinlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston R…
17:23 / 21.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024
Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi

Majlisda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat i…
11:50 / 20.11.2024
Tramp Starship raketasi sinovida ishtirok etdi

Tramp Starship raketasi sinovida ishtirok etdi

Parvoz Boka-Chikadagi kosmodromdan amalga oshirildi.
20:00 / 20.11.2024
Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Toshkent xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinadi

Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
18:18 / 20.11.2024
Dovonda qor yo‘g‘moqda

Dovonda qor yo‘g‘moqda

Ayni damda Qamchiq dovonida qor yog‘moqda.
14:53 / 20.11.2024
Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
17:31 / 21.11.2024
YeI Ukrainaga 1 mln dona snaryad yetkazib bergan

YeI Ukrainaga 1 mln dona snaryad yetkazib bergan

Bu haqda Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili ma’lum qildi.
11:04 / 20.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!