$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

Sputnik / Aleksandr Yuriyev

O‘zbekiston Rossiyaga Tu-214 samolyotlarni ishlab chiqarishda ko‘maklashishi mumkin

15:10 / 23.03.2022

Tatariston hukumati O‘zbekiston bilan Tu-214 samolyotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash bo‘yicha hamkorlikni taklif qilmoqda.

Bu haqda Sputnik nashri Tatariston prezidentining aviatsiya kompleksi va mashinasozlik bo‘yicha yordamchisi Ravil Zaripovga tayanib maʼlum qildi.

“Bugun Tu-214 samolyotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Loyiha, albatta, oson emas. Bu borada O‘zbekiston tomonidan ham hamkorlikka umid qilamiz”, - deydi Zaripov.

Uning aniqlik kiritishicha, gap samolyotning ayrim ehtiyot qismlarini birgalikda ishlab chiqarish haqida ketyapti.

O‘z navbatida O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyevga ko‘ra, Birlashgan aviatsiya korporatsiyasi (BAK) bilan Toshkent mexanika zavodi allaqachon ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar bazasi ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishgan.

“Bu, birinchi navbatda, Il-76 va Il-114 samolyotlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishga taʼsir qiladi”, – deyiladi xabarda.

Teshaboyevning qo‘shimcha qilishicha, BAK bilan Rossiya aviatsiya sanoati ehtiyojlarini qondiradigan O‘zbekiston mashinasozlik korxonalari konsorsiumini yaratish bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.

Avvalroq, RF Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov S.P. Gorbunov nomidagi Qozon aviatsiya zavodida yiliga kamida 10 ta Tu-214 yo‘lovchi samolyotlarini ishlab chiqarilayotgani haqida maʼlum qilgan.

Maʼlumot uchun, 2021-yilning aprelida O‘zbekiston va Rossiya samolyotsozlik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilgan. Unda gap birinchi navbatda Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi haqida ketgan. Mazkur zavodda sovet davrida “Il-76” samolyotlari, 2012-yilga qadar esa “Il-114-100” samolyotlari ishlab chiqarilgan.

Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi 1941-yilda paydo bo‘lgan – urush boshlanishi bilan 1932-yilda Moskva yaqinidagi Ximki shahrida tashkil etilgan zavod Toshkentga evakuatsiya qilingan.

Ayni paytda uning asosiy hududida Toshkent mexanika zavodi joylashgan.


Bu ham qiziq

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Toşkent viloyatidagi sanoat korxonasi havoni ifloslantirib kelayotganligi aniqlandi

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati ör…
12:11 / 07.11.2026
Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

Tramp Nvidia rahbarining josuslikda gumonlangan ayol bilan munosabati haqida gapirdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Nvidia boş direktori Jensen Xuangning Xitoy foydasiga josuslik qilişda gumonlanayotgan ayol bila…
10:08 / 10.11.2026
Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekistonning beşta elektrotexnika korxonasi öz investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyo…
13:38 / 09.11.2026
Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkentda havo sifati “yaşil” darajaga kötarildi

Toşkent şahrida 6-noyabrga ötar keçasi yomonlaşgan atmosfera havosi sifati tongga kelib yaxşilandi. Milliy havo sifati indek…
16:13 / 06.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!