Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vositasi jarima maydonçasiga joylaştirilişi mumkin. Bu tartib Içki işlar vazirining 4-sentabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yangi yöriqnomada belgilangan.
Hujjat 5-noyabr kuni Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazilib, 6-noyabr kuni rasman e’lon qilingan. Unga köra, jarima haqidagi qaror çiqarilgan kundan boşlab 60 kundan keçiktirmay tölanişi kerak. Agar qaror ustidan berilgan şikoyat yoki protest qanoatlantirilmasa, jarimani tölaş uçun bu haqda xabar berilgan kundan boşlab 30 kun muddat beriladi.
Belgilangan muddatda jarima tölanmasa, transport vositasi haqidagi ma’lumotlar Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining planşetlari va boşqa axborot tizimlarida avtomatik aks etadi. Şundan söng, YHXX xodimlari ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmasdan avtomobilni jarima maydonçasiga joylaştirişi mumkin. Transport vositasi jarima böyiça ijro işi tugaguniga qadar uşlab turiladi.
Haydovçi jarimani elektron tölov tizimlari, mobil ilovalar yoki bank kassalari orqali joyida töliq tölasa va tölov elektron tizimda tasdiqlansa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilmaydi. Maydonçaga joylaştirilgan transport vositasini qaytarib oliş uçun esa qarzdorlik tölanişi va elektron ruxsatnoma rasmiylaştirilişi kerak.
Şuningdek, yangi tartibga köra, jarima haqidagi qaror topşirilgan kundan boşlab 15 kun içida jarimaning 50 foizini yoki 30 kun içida 70 foizini ixtiyoriy tölagan şaxs qolgan qismini tölaşdan ozod etiladi. Biroq uşbu imtiyoz qonunçilikda nazarda tutilgan ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi.
Yöriqnoma rasmiy e’lon qilingan kundan ikki oy ötgaç kuçga kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!