Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Bekobod şahridagi “M.K.” korxonasi faoliyati örganildi.
Örganiş davomida korxonaning elektrda pölat eritiş va ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmalarida atmosferaga çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalar miqdori belgilangan me’yorlardan sezilarli darajada yuqori ekani aniqlandi. Xususan, elektrda pölat eritiş bölinmasida noorganik çang me’yordan 2,4 baravar, oltingugurt dioksidi 1 533 baravar, uglerod oksidi esa 20 baravar köp taşlanayotgani laboratoriya tahlillari bilan tasdiqlandi.
Ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmasida ham qonunbuziliş holatlari qayd etildi. Bu yerda noorganik çang miqdori belgilangan me’yordan 24,9 baravar, azot dioksidi 2,12 baravar, uglerod oksidi esa 23,3 baravar yuqori ekani ma’lum böldi. Şuningdek, elektrda pölat eritiş sexida çang-gaz tozalaş uskunalarining samarali işlamayotgani, natijada ifloslantiruvçi moddalarning bir qismi töğridan töğri atmosferaga çiqib ketayotgani aniqlandi.
Qolaversa, örganiş davomida korxonada ekologik ekspertiza xulosalari talablari ham töliq bajarilmagani, ayrim ifloslantiruvçi manbalarda avtomatlaştirilgan monitoring tizimlari örnatilmagani va laboratoriya nazorati yetarli darajada taşkil etilmagani ma’lum böldi.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan amaldagi qonunçilik talablari asosida qöşimça hisob-kitob qilinib, korxonaga atrof-muhitni ifloslantirganlik uçun 1 milliard 630 million 920 ming 419 söm kompensatsiya tölovi belgilandi.
Şu bilan birga, aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf etiş böyiça korxonaga majburiy körsatmalar berildi. Jumladan, çang-gaz tozalaş uskunalari filtrlarini töliq almaştiriş, ularning samaradorligini kamida 95 foizga yetkaziş, laboratoriya nazoratini kuçaytiriş hamda asosiy ifloslantiruvçi manbalarga avtomatik monitoring stansiyalarini örnatiş belgilandi.
Havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!