$
12011.65 UZS
48.49
₽
143.17 UZS
0.84
€
13462.66 UZS
72.3
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 12 ta zamonaviy IES ishga tushiriladi

11:43 / 10.12.2024

O‘tgan yillar mobaynida umumiy quvvati 20 000 MVtdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda 38 ta bitim imzolangan. Bunda quyosh fotoelektr stansiyalari quvvati – 9 395 MVtni, shamol elektr stansiyalar quvvati esa 11 452 MVtni tashkil qiladi. Ushbu loyihalarning ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29 ta qarori qabul qilingan.

Mazkur investitsiya loyihalari Saudiya Arabistonining “ACWA Power”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar”, “Tepelen Group AG” va “Solar Power Shine”, Fransiyaning “Total Energies”, “Voltalia”, Xitoyning “China Energy Overseas Investment”, “China Datang Overseas Investment” hamda “Universal Energy” kabi kompaniyalari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihalarning umumiy qiymati qariyb 24 mlrd 374 mln AQSh dollarini tashkil etib, ularning barchasi xorijiy kompaniyalar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga bajariladi.

Olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda 7 ta viloyatda umumiy quvvati 2,8 GVt bo‘lgan 9 ta quyosh va bitta shamol elektr stansiyasi “yashil” energiya ishlab chiqarmoqda.

Ushbu ishga tushirilgan “yashil” elektr stansiyalar joriy yilda 4,5 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqargan.

Xususan, 2024-yil 6-dekabr kuni soat 8:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2024-yil boshidan beri ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd 501,3 mln kVt-soatni tashkil qilgan.

Joriy yilning shu davrigacha quyosh elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 875,2 mln kVt-soat, shamol elektr stansiyasi tomonidan esa 626,1 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Buning natijasida:

1 mlrd 364 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishilgan;

atmosferaga 1 mln 890,5 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olingan.

Mazkur hajmdagi elektr energiyasi 2 mln 46 mingta xonadonning 11 oylik yoki 1 mln 875,5 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini tashkil qiladi. Joriy yilda umumiy quvvati 2600 megavatt bo‘lgan 10 ta, jumladan, Navoiy viloyatining Tomdi, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanlarida, qolaversa, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida quyosh hamda shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

2025-yilda Buxoro viloyatining Peshku, G‘ijduvon va Olot tumanlarida umumiy quvvati 1,25 GVtga teng bo‘lgan 3 ta quyosh va shamol hamda 2030-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 10,3 GVtga teng bo‘lgan 10 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Tizimli ishlar natijasida 2026-yilga borib, O‘zbekistonda umumiy quvvati 9947 megavatt, 2030-yilga borib esa 20000 megavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Mazkur “yashil” loyihalar ishga tushirilgach, 2030-yilga borib, yiliga 50 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida har yili qariyb 15 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bundan tashqari, atmosferaga 21 mln tonna zararli gaz chiqarilishining oldi olinadi. Va O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 40 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekiston

														Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026

														Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

Peshlavhani reklamaga tenglashtirish rasman to‘xtatildi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar peshlavha uchun reklama pasportini rasmiylashtirish talabidan rasman qutuldi.
16:06 / 16.10.2026

														Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda suyultirilgan gazdan foydalanadigan 3 million 800 ming xonadonni ta’minlash tizimini bosqichma-bosqich xususiy…
15:49 / 16.10.2026

														O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. …
15:39 / 16.10.2026

														2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

2 200 megavatt quvvatga ega 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda umumiy quvvati 2 200 megavatt bo‘lgan 6 …
15:36 / 16.10.2026

														17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

17-oktyabrda qanday ob-havo kuzatiladi?

TOSHKENT SHAHRI: Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kech…
15:29 / 16.10.2026

														Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorlig…
15:20 / 16.10.2026

														Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026

														Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda yangi elektr stansiyalari bilan bir qatorda e…
15:03 / 16.10.2026

														O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026

Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Turkiya “Baykar” tajribasi asosida texnologik hamkorlikni rivojlantirishi mumkin

O‘zbekiston va Turkiya “Baykar” tajribasi asosida texnologik hamkorlikni rivojlantirishi mumkin

O‘zbekiston vakili Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasiga tashrif buyurib, yuqori texnologiyalar, jumladan, mudofaa san…
15:31 / 15.10.2026
Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘onada gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 1,4 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida baliqxona va savdo do‘konida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.…
16:52 / 15.10.2026
Mirziyoyev Osiyoda ishonch va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Mirziyoyev Osiyoda ishonch va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHIChK) yettinchi sam…
16:14 / 15.10.2026
Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026
Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Solyariyga muntazam qatnagan 30 yoshli ayol melanoma sabab vafot etdi

Angliyaning Manchester shahrida yashagan 30 yoshli Chelsi Tantum teri saratonining xavfli turi — melanomadan vafot etdi. U 1…
09:58 / 16.10.2026
Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Mister Global 2026 g‘olibi aniqlandi: bosh sovrin turkiyalik modelga nasib etdi

Turkiyalik 21 yoshli model Dilxan Divrikli Tailandda o‘tkazilgan Mister Global 2026 xalqaro erkaklar go‘zallik tanlovida g‘o…
16:19 / 15.10.2026
Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarga yosh mutaxassislar jalb etiladi

Chekka hududlardagi maktablarda xorijiy tillarni, jumladan, sharq tillarini o‘qitish sifatini oshirish maqsadida “Teach for …
09:19 / 16.10.2026
Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Forishda soliq va bojxona imtiyozlariga ega maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.

Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasiga zarur yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadi…
16:17 / 16.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!