$
12199.10 UZS
30.12
160.49 UZS
0.6
14585.24 UZS
-2.93
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

09:27 / 01.02.2026

Hajga borish uchun yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ladi

Muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun “Haj va umra yagona portali” orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

Fuqarolarga xorijda sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida:

– 2026-yil 1-fevraldan boshlab — haj tadbiriga;

– 2026-yil 1-maydan boshlab — umra tadbiriga olib borish portalda majburiy ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transportlardan foydalanish taqiqlanadi

Hukumatning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasini raqamlashtirishga qaratilgan qaroriga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 50 yildan oshgan transportlardan foydalanish, ularni qayta ro‘yxatga olish taqiqlanadi. Ular davlat ro‘yxatidan chiqariladi.

Umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, konlar, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transportlar, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar, shuningdek, antikvar avtomototransportlar uchun alohida seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joriy etiladi.

Avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi ham bekor qilinadi.

Avtomaktablarda nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishi mumkin. Ushbu toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.

Toshkentda pulli avtoturargohlar bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi

Yangi tartibga ko‘ra, pulli avtoturargoh zonalari joylashgan yoki ularga tutash mahallalarda yashovchi fuqarolar rezident maqomini oladi. Ular uchun maxsus rezident avtoturargoh ruxsatnomasi joriy etiladi. Ruxsatnoma bir yil muddatga amal qiladi. Ruxsatnomani olganlar o‘z hududida soat 20:00 dan 08:00 gacha avtoturargohlardan bepul foydalanadi. Soat 08:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqtda esa yillik rezidentlik to‘lovi asosida to‘lov amalga oshiriladi.

Yillik rezidentlik to‘lovi miqdori tarif zonalariga qarab belgilanadi. Xususan, 1-tarif zonasi uchun bir yilga 1 bazaviy hisoblash miqdori etib belgilangan. Qolgan tarif zonalari bo‘yicha to‘lov miqdorlari alohida tartibda tasdiqlanadi.

ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi

O‘zbekiston fuqarolari birinchi marta ID karta olayotganida elektron raqamli imzo sertifikati karta chipiga bepul kiritiladi. Bundan tashqari, fuqarolar “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash yagona axborot tizimida avtomatik tarzda bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambag‘al oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi. Ijtimoiy reyestr — “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaradi. Ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, “davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.

Professional tutingan oila xizmati joriy etiladi

Zo‘ravonlik natijasida oilasidan ajratilgan, shuningdek, zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar uchun professional tutingan oila xizmati joriy etiladi. Professional tutingan oilalar maxsus ijtimoiy-reabilitatsiya dasturlari asosida tayyorlanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan tuzilgan shartnoma asosida ushbu oilalarga joylashtiriladi. Har bir bola uchun tutingan oilaga har oyda eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida to‘lov amalga oshiriladi hamda bolaning yashash xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.

Yoshlarga ijtimoiy yordam yangi shartlar asosida beriladi

Belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oila yoshlariga ijtimoiy shartnoma orqali uzluksiz ta’lim olish, unda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish, volontyorlik bilan shug‘ullanish va “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida qatnashish kabi shartlar bilan beriladi.

Ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, bosqichma-bosqich quyidagi choralar qo‘llanadi:

– shartlarni 15 kun ichida bajarish to‘g‘risida ogohlantirish;

– yordam miqdorini 15 foizdan 30 foizgacha kamaytirish;

– ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 oydan 6 oygacha vaqtinchalik to‘xtatish;

– shunday yordamni 1 yil va undan ortiq muddatga to‘xtatish.

Kambag‘al oilalardagi yoshlar harbiy xizmatni bepul o‘taydi

Prezident farmoniga ko‘ra, Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi hamda ushbu maqsad uchun subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi. Bunda harbiy xizmat bilan bog‘liq xarajatlar Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobvarag‘idan amalga oshiriladi hamda harbiy xizmatni o‘tab kelgan yoshlar bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Ayrim yoshlarning kontrakt summasi bir qismi qoplab beriladi

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasi 50 foizgacha qismi tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib to‘lanadi. Bunda 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 baravaridan oshmasligi lozim.

“Tashabbusli byudjet”da aholi va davlat sherikchiligi yo‘lga qo‘yiladi

Tashabbusli byudjet jarayonlari doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat o‘rtasida sheriklik asosida moliyalashtirish amaliyoti joriy etiladi. Bunda tashabbuskor aholi tomonidan loyihalar qiymatining 50 foiz qismi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda loyihalar g‘olib deb topiladi va qolgan 50 foizi respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.

“Kitob – ma’rifat manbai” dasturi boshlanadi

Davlat organlarining kitob va kitobxonlik madaniyati to‘g‘risidagi reklamasi ijtimoiy axborot (reklama) sifatida e’tirof etiladi. Transport infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarida (avtobus, metropoliten, samolyot, poyezd) simsiz yoki mobil internet orqali “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyati yaratiladi, qulaylik uchun QR kodlar o‘rnatiladi.

 


O‘zbekiston


														
														Toshkentda Gentra yonib ketdi

Toshkentda Gentra yonib ketdi

Toshkent shahar FVB axborot xizmati ko‘ra, yong‘in oqibatida hech kim jarohat olmagan.
11:51 / 01.02.2026

														
														O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun “Haj va umra yagona portali” orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy et…
09:27 / 01.02.2026

														
														Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Gruziyadan ekstraditsiya qilindi

Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik Gruziyadan ekstraditsiya qilindi

Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gruziyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar v…
08:30 / 01.02.2026

														
														1ְ–4-fevral kuni kutilayotgan ob-havo prognozi

1ְ–4-fevral kuni kutilayotgan ob-havo prognozi

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylar…
17:51 / 31.01.2026

														
														Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani rad etildi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani rad etildi

Janubiy Koreyadagi yong‘inda o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘lgani o‘z tasdig‘ini topmadi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar b…
17:29 / 31.01.2026

														
														Toshkentda xayriya qutisi o‘g‘irlab ketildi

Toshkentda xayriya qutisi o‘g‘irlab ketildi

Mazkur holatga Toshkent shahar IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
17:14 / 31.01.2026

														
														Nega O‘zbekistonda havo sifati yana sezilarli yomonlashdi?

Nega O‘zbekistonda havo sifati yana sezilarli yomonlashdi?

Qo‘mita tahliliga ko‘ra, havo ifloslanishining kuchayishiga shamolning yo‘qligi yoki juda past tezligi, shuningdek, harorat …
17:00 / 31.01.2026

														
														Toshkentdagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 31-yanvar kuni soat 15:47 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida joylashgan Aviator Korzinka binosi…
16:29 / 31.01.2026

														
														Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Bu haqda Armaniston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
14:25 / 31.01.2026

														
														Endi Turkiyadagi o‘zbekistonliklar deportatsiya qilinmaydimi?

Endi Turkiyadagi o‘zbekistonliklar deportatsiya qilinmaydimi?

Migratsiya agentligi ushbu talqinlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qilib, masala bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
13:15 / 31.01.2026

Bu ham qiziq

Endi Turkiyadagi o‘zbekistonliklar deportatsiya qilinmaydimi?

Endi Turkiyadagi o‘zbekistonliklar deportatsiya qilinmaydimi?

Migratsiya agentligi ushbu talqinlar noto‘g‘ri ekanini ma’lum qilib, masala bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
13:15 / 31.01.2026
Buxorodagi ikki qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Buxorodagi ikki qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 31-yanvar kuni gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
11:43 / 31.01.2026
Xitoydan mandarin va ananas importi taqiqlandi

Xitoydan mandarin va ananas importi taqiqlandi

Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
09:10 / 31.01.2026
Kongoda kondagi ko‘chki oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Kongoda kondagi ko‘chki oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Reuters’ga ko‘ra, bu haqda kon joylashgan viloyatning isyonchilar tomonidan tayinlangan gubernatori vakili Lumumba Kambere M…
15:28 / 31.01.2026
Buxoroda o‘zini daryoga tashlagan ayol profilaktika inspektori tomonidan qutqarib qolindi

Buxoroda o‘zini daryoga tashlagan ayol profilaktika inspektori tomonidan qutqarib qolindi

Bildirilishicha, asli G‘ijduvon tumanidan, hali 30 yoshni ham qarshilamagan bu ayol 4 nafar farzandning onasi bo‘lgan.
10:46 / 30.01.2026
Istanbulda ilk o‘zbek maktabi quriladi

Istanbulda ilk o‘zbek maktabi quriladi

Mazkur dargoh O‘zbekistonning xorijdagi ilk ta’lim muassasasi bo‘ladi.
16:54 / 30.01.2026
Toshkentdagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 31-yanvar kuni soat 15:47 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida joylashgan Aviator Korzinka binosi…
16:29 / 31.01.2026
Insoniy birodarlik ramzi: 2026-yilgi “Zayed” mukofoti va global birdamlik yo‘lidagi qadamlar

Insoniy birodarlik ramzi: 2026-yilgi “Zayed” mukofoti va global birdamlik yo‘lidagi qadamlar

Dunyoning eng nufuzli nashrlaridan biri bo‘lgan CNN Arabic sahifasida “Insoniy birodarlik bo‘yicha Zayed mukofoti”ning ahami…
16:17 / 30.01.2026
1ְ–4-fevral kuni kutilayotgan ob-havo prognozi

1ְ–4-fevral kuni kutilayotgan ob-havo prognozi

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylar…
17:51 / 31.01.2026
Bojxona qo‘mitasi Raisi Mavlonov Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sonders bilan uchrashdi

Bojxona qo‘mitasi Raisi Mavlonov Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Yan Sonders bilan uchrashdi

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida Jahon bojxona tashkilotining Texnologik konferensiyasi bo‘lib…
16:42 / 30.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!