Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida 31-yanvar kuni gaz chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 08:23 da 112 tizimi orqali “Tinchlik” MFY Sho‘robod ko‘chasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va boshqa tegishli xizmatlar yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, plitadan foydalanish jarayonida sizib chiqqan gaz natijasida chaqnash sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.
Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va shifoxonaga yuborilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!