Toshkentning modernizm me’morchiligi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi
Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tayotgan YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida Toshkentning modernizm me’morchiligi obyektlari rasman Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Bu O‘zbekiston uchun muhim tarixiy voqea bo‘lib, so‘nggi 25 yil ichida mamlakat tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor YUNESKOning ushbu nufuzli ro‘yxatidan joy oldi.
Mazkur qaror nafaqat alohida binolar, balki 1966-yilgi zilziladan keyin shakllangan, zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va mahalliy iqlim xususiyatlarini uyg‘unlashtirgan Toshkent me’moriy qiyofasining xalqaro e’tirofi sifatida baholanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!