$
12242.17 UZS
17.01
159.90 UZS
-2.11
14522.89 UZS
-37.28
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda Rossiyaning biryo‘la 7 ta universiteti filiali ochiladi

18:32 / 15.03.2022

Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligining rasmiy saytida e’lon qilingan “Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik: Rossiya universitetlarining yangi filiallari, Suffa xalqaro radioastronomiya observatoriyasi, qo‘shma ilmiy loyihalar” nomli maqolada keltirilishicha, yaqin yillarda O‘zbekistonda Rossiyaning 7 ta universiteti o‘z filiallarini ochishni rejalashtirgan.

“Bugungi kunda Rossiya va O‘zbekiston hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirmoqda. Eng yiriklaridan biri – keng ko‘lamli astrofizik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan Suffa xalqaro radiokosmik observatoriyasini qurilishi doirasida amalga oshirilyapti. Bundan tashqari, o‘zbekistonlik 48,7 ming talaba Rossiya OTMlarida ta’lim olmoqda. Yaqin yillarda Rossiyaning yana 7 ta universiteti O‘zbekistonda o‘z filiallarini ochishni rejalashtirgan”, – deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, Rossiyaning quyidagi 7 ta universiteti – N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyoti universiteti, A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti (Texnologiya. Dizayn. San’at), Shimoliy Kavkaz federal universiteti, Samarqandda Rossiya davlat gumanitar universiteti, Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti, Perm milliy tadqiqot politexnika universiteti, Moskva davlat oziq-ovqat ishlab chiqarish universitetlari O‘zbekistonda o‘z filialini ochishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, bir muddat oldin Rossiya universitetlarining diplomlari dunyo tomonidan tan olinmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Jahon assotsiatsiyalari Rossiya universitetlari tomonidan berilgan ta’lim diplomlarini tan olishdan bosh tortmoqda.

Hozircha, AACSB (Universitetlar biznes maktablarini rivojlantirish assotsiatsiyasi), Business Graduates Association (Biznes maktablar bitiruvchilari assotsiatsiyasi), AMBA (MBA dasturlari assotsiatsiyasi), EFMD (Menejmentni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi biznes maktablar, kompaniya va assotsiatsiyalar global tarmog‘i) Rossiya Federatsiyasining barcha muassasalarida akkreditatsiyani o‘chirishga qaror qilgan.

“Biznes ta’limi bo‘yicha jahon yetakchilari sifatida bizning tashkilotlarimiz tinchlik, xavfsizlik, erkinlik, xilma-xillik va ijtimoiy mas’uliyat qadriyatlariga sodiqligimiz tufayli 150 dan ortiq mamlakat va hududlardagi o‘qituvchilar va rahbarlarni qo‘llab-quvvatlaydi va ularga xizmat qiladi.

Biz Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan gumanitar inqirozdan qattiq xavotirdamiz va biz Ukrainadagi biznes maktablarimiz va ularning xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalarini hayot tarzi va suverenitetini himoya qilishga hamda qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik”, – deyiladi Universitetlar biznes maktablarini rivojlantirish assotsiatsiyasi rasmiy saytida.


Bu ham qiziq

Erondagi namoyishlarida halok bo‘lgan 2986 kishining shaxsi e’lon qilindi

Erondagi namoyishlarida halok bo‘lgan 2986 kishining shaxsi e’lon qilindi

Mamlakat prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotda ta’kidlanishicha, barcha qurbonlar mamla…
14:10 / 02.02.2026
2025-yil O‘zbekistonda 879,6 mingta tug‘ilish qayd etildi

2025-yil O‘zbekistonda 879,6 mingta tug‘ilish qayd etildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda 879 599 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
10:26 / 02.02.2026
Abdusattorov va Sindarov O‘zbekistonga qaytishdi

Abdusattorov va Sindarov O‘zbekistonga qaytishdi

Joriy yilning, 16-yanvar – 1-fevral kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Tata Steel Chess…
09:19 / 03.02.2026
“Nipah” virusiga qarshi vaksina ishlab chiqildi

“Nipah” virusiga qarshi vaksina ishlab chiqildi

“Nipah” virusiga qarshi ishlab chiqarilgan yangi vaksinaning ilk klinik sinovi Belgiyada boshlanadi. Tokio universiteti olim…
17:28 / 02.02.2026
Parkinson yoki Alsgeymer bilan og‘rigan shaxslarga qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Parkinson yoki Alsgeymer bilan og‘rigan shaxslarga qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o…
15:28 / 02.02.2026
O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda

6-fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.
14:27 / 02.02.2026
Tata Steel Chess 2026. Nodirbek Abdusattorov chempion, Javohir Sindarov vitse-chempion bo‘ldi

Tata Steel Chess 2026. Nodirbek Abdusattorov chempion, Javohir Sindarov vitse-chempion bo‘ldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy Tata Steel Chess nufuzli musobaqasi o‘zbeki…
11:31 / 02.02.2026
O‘zbekistonda fuqarolar eng ko‘p qon aylanish sistemasi kasalliklaridan vafot etgan

O‘zbekistonda fuqarolar eng ko‘p qon aylanish sistemasi kasalliklaridan vafot etgan

O‘zbekistonda 2025-yilda vafot etganlar soni 177 104 kishini tashkil etdi.
17:20 / 01.02.2026
15 mln nafar o‘zbekistonlikning ma’lumotlari internetga sizib ketgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy axborot berildi

15 mln nafar o‘zbekistonlikning ma’lumotlari internetga sizib ketgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy axborot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat tizimlariga qarashli veb-sahifalardan 15 million nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumo…
12:21 / 03.02.2026
Xitoyda mafiya oilasining to‘rt vakili qatl qilindi

Xitoyda mafiya oilasining to‘rt vakili qatl qilindi

Bu so‘nggi bir hafta ichida jinoiy sindikat a’zolariga nisbatan chiqarilgan ikkinchi o‘lim hukmi bo‘ldi.
08:36 / 03.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!