O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, 1 – 2-yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 3-yanvarda respublika hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi. Markaziy va janubi-sharqiy hududlarda 4-yanvar kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.
Keyinchalik birinchi o‘n kunlik oxirigacha respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kuzatilishi ehtimoli kam.
Havo harorati, asosan, kechalari 2 daraja sovuq -3 daraja iliq atrofida, ba’zi joylarda 5 daraja sovuqqacha bo‘ladi, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Ikkinchi o‘n kunlikda harorat kechalari 1-6 daraja iliqdan 1-6 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq -3 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. Respublika shimolida harorat kechalari 3 daraja sovuq -2 daraja iliqdan 5-10 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 13-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi.
Uchinchi o‘n kunlikda sovuq to‘lqinlar kirib kelishi hisobiga harorat kechalari 7-12 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha; respublika shimolida kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 22-25 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 13-15 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!