2022-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 13 ta davlatdan qiymati 46,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 269 ming tonna kartoshka import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,3 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning dastlabki 4 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar – Pokiston (211,3 ming tonna), Qozog‘iston (22,4 ming tonna) va Rossiya (14,4 ming tonna) hisoblanadi.
Shuningdek:
– Qirg‘iz R. – 8,8 ming tonna
– Eron – 5,6 ming tonna
– Afg‘oniston – 4 ming tonna
– Niderlandiya – 1,5 ming tonna
– Belarus – 631,6 tonna
– Polsha – 431,2 tonna kartoshka import qilingan.
Maʼlumot uchun, O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-mart oylarida 38,6 mln. AQSh dollarilik kartoshka import qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!