O‘zbekistonga sayohatlarga qiziqish 54 foizga oshdi — Expedia Group ma’lumotlari
O‘zbekistonga sayohatlarga bo‘lgan global qiziqish o‘sishda davom etmoqda. Xalqaro turizm kompaniyasi Expedia Group ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida mamlakatga sayohatlar bilan bog‘liq qidiruvlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 54 foizga oshgan. Shu bilan birga, rasmiylashtirilgan bronlar soni ham ko‘paygan.
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning iyun oyida Expedia Group platformasi orqali O‘zbekistonga sayohatni bron qilgan sayyohlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45,6 foizga oshgan. Xarid qilingan aviachiptalar soni esa 23 foizga ko‘paygan.
Expedia Group platformalari foydalanuvchilari orasida O‘zbekiston uchun asosiy xorijiy bozorlar AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Germaniya va Fransiya bo‘lib qolmoqda. Talabning eng yuqori o‘sish sur’atlari AQSH va Yaponiyada qayd etilgan.
Mamlakat ichidagi eng ommabop yo‘nalishlar orasida Toshkent, Samarqand va Buxoro yetakchilikni saqlab qolmoqda. Shu bilan birga, Xivaga bo‘lgan qiziqish ham ortib bormoqda.
Dastlabki bronlar bo‘yicha ma’lumotlar ham yaqin oylarda yuqori talab saqlanib qolishini ko‘rsatmoqda. Expedia Group ma’lumotlariga ko‘ra, tasdiqlangan barcha bronlarning 82,9 foizi 2026-yil iyul–sentabr oylariga rejalashtirilgan sayohatlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!