Ijtimoiy tarmoqlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq xodimlarini ishga tiklash va ular foydasiga pul undirish choralari ko‘rilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Majburiy ijro byurosi bu boradagi sud qarorlari ijrosi to‘xtatilmaganini ma’lum qildi.
MIBning Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor Migratsiya agentligidan jami 126 ta ijro hujjati bo‘yicha 13,6 milliard so‘m undirish belgilangan.
Shundan:
39 ta ijro hujjati bo‘yicha 294 mln so‘m davlat boji;
59 ta ijro hujjati bo‘yicha 13,3 mlrd so‘m ish haqi, ma’naviy zarar, majburiy progul va kompensatsiya to‘lovlari;
28 ta ijro hujjati fuqarolarni ishga tiklash bilan bog‘liq.
Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2024-yil oktabrda tugatilib, uning huquqiy vorisi sifatida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etilgan.
MIB xabariga ko‘ra, qarzdor tomonidan bugungi kunga qadar jami 126 ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlanmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!