2024-yilning yanvar-mart oylarida qariyb 1,3 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Bu haqda statistika agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 365,6 ming nafarga yoki 40,7 foizga oshgan.
O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar:
Qirg‘iziston — 559,1 ming nafar;
Tojikiston — 260,8 ming nafar;
Qozog‘iston — 184,1 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 70,6 ming nafar;
Rossiya — 50,3 ming nafar;
BAA — 38,5 ming nafar;
Turkiya — 34,4 ming nafar;
Quvayt — 13,8 ming nafar;
Misr — 8,2 ming nafar;
Tailand — 6,2 ming nafar;
Boshqalar — 37,1 ming nafar.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!