$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

Piyodalar uchun mo‘ljallangan dunyodagi eng xavfli yo‘llar (video)

14:10 / 14.08.2022

Tabiatda ulkan qoyalar, tik qiyaliklar, ulkan qoyatoshlar, vulqonlardan iborat kesib o‘tmaslik kerak bo‘lgan chegaralar mavjud. Ammo odamlar shunchalik o‘jar ediki, ular yo‘llar, tunnellar va magistrallar qurishdi. Ularning aksariyati uzoq joylarni sivilizasiya bilan bog‘laydigan asosiy “magistral”ga aylandi, ammo ularning barchasi ham xavfsiz emas. Yuz berishi mumkin bo‘lgan xavflarga qaramasdan odamzot ushbu yo‘llardan foydalanishni to‘xtatgani yo‘q.

1. Xitoyning Xuashan tog‘idagi “yo‘lakcha”

Xitoydagi Xuashan tog‘i daosizm tarafdorlari uchun muqaddas joy. Shuningdek, bu mamlakat O‘rta Podsholik davrining eng mashhur va xavfli diqqatga sazovor joylaridan biridir.

Tog‘ning tepasida choy ichish va meditasiya qilish mumkin bo‘lgan ibodatxona bor. Ammo u yerga yetib borish uchun Xuashan tog‘idagi 100 metr uzunlikdagi yo‘lni bosib o‘tish kerak. Shunchaki umumiy kengligi 30 santimetr bo‘lgan va 2000 metr balandlikdagi taxtalar bo‘ylab yurishni tasavvur qilib ko‘ring.

Buning uchun sayyohlarga xavfsiz arqon talab qilinadi, ammo bu ehtiyot choralariga qaramay, vaqti-vaqti bilan tog‘da halok bo‘lganlar bor. Ushbu xavfli yo‘l yuzlab adrenalin izlovchilarning eskirgan piyoda ko‘prikda muntazam ravishda to‘planishiga to‘sqinlik qilmaydi.

2. Perudagi Machu-Pikchudan Xuayna-Pikchugacha bo‘lgan inklar zinapoyasi

Machu-Pikchu xarobalari Janubiy Amerikadagi eng diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi. Ularga borish juda oson va sayyohlar bilan gavjum emas. Ammo qadimiy shahar ortida utib borish ancha mashaqqatli maskan – Huayna-Pikchu xarobalari yotibdi. U yerdan qadimiy vayronaga aylangan qal’aning chinakam ajoyib manzarasi ochiladi.

Bir shahardan ikkinchi shaharga borish uchun 500 yil avval qurilgan 183 metrli eskirgan zinapoyadan foydalanish kerak bo‘ladi. Bunda yo‘lning dengiz sathidan 2720 metr balandlikda joylashganini ham inobatga olish kerak bo‘ladi. Bir tomondan nam tosh devor, ikkinchi tomondan chuqurligi ikki yarim kilometrdan past bo‘lgan qoya mavjud. Yana bir jihat: sug‘urta va himoya ta’minlanmagan.

Bu zinapoyada ko‘p odamlar halok bo‘lgan. Masalan, 1997-yilda amerikalik sayyoh shu yerdan yiqilib, halokatga uchradi. 2004-yilda boshqa bir rossiyalik sayyohni chaqmoq urgan. 2013-yilda germaniyalik sayyoh tosh qulashi natijasida vafot etdi va o‘sha yili yana uchta inson yurak xurujidan vafot etgan. Ya’ni, bu zinapoyadan foydalnishning o‘zida odamlar halok bo‘lishi mumkin.

3. Janubiy Afrikadagi “Ajdaho” tog‘lari bo‘ylab marshrut

Ushbu yo‘lak Janubiy Afrikadagi “Natal” milliy bog‘ida joylashgan. Uning uzunligi 240 kilometrni tashkil etadi va u bo‘ylab sayohat 10 kundan ikki haftagacha davom etadi.

5 самых опасных туристических маршрутов в мире

“Ajdaho” tog‘lari etagiga borish uchun arqonli zinapoyalarga qoyaorqali chiqish kerak bo‘ladi. Keyin toshloq cho‘llardan, qalin maysalar o‘sgan yon bag‘irlardan, ming metr balandlikdagi qattiq shoxlar orasidan o‘tish talab etiladi. Bu yerda harakatlanish katta qiyinchiliklarga to‘la. Hech qanday belgilar, ko‘rinadigan izlar yo‘q – yo‘qolish oson.

Vaziyatning keskinligini bu yerda ko‘p uchraydigan yovvoyi hayvonlar yanada oshiradi. Ayniqsa, insonlarni har qanday holatda oyoq osti qiladigan yovvoyi karkidonlar, yovvoyi hayvonlar, vaqti-vaqti bilan qoplonlar va zaharli ilonlar uchrashini ham inobatga olish kerak.

Tabiiyki, vaqti-vaqti bilan bu joylarda sayyohlar yo‘qolib qoladi.

4. Ispaniyada joylashgan “El-Chorro” darasidagi qirollik yo‘li

Qirollik yo‘li – Ispaniyadagi Chorro va Gaitanexo sharsharalari o‘rtasida joylashgan qoyalarga qadalgan temir yo‘llar va tayoqlardan iborat inshoot. U 1905 yilda ishchilar tomonidan “Konde del Guadalors” gidrotexnik to‘g‘onining qurilish maydonchasiga kirishini osonlashtirish uchun qurilgan.

Qurilish tugagandan so‘ng, Alfonso XIII to‘g‘onning ochilish marosimiga ketayotib, ushbu yo‘l bo‘ylab yurgan. Bu voqea sharafiga bu joy “El Caminito del Rey” – “Qirol yo‘li” deb nomlandi. O‘shandan beri, qariyb yuz yil davomida har xil ekstremal odamlar va asablarini sinab ko‘rishni yaxshi ko‘radiganlar bu ko‘prik bo‘ylab ulkan kanon, moviy daryolar va pastdagi yam-yashil go‘zal vodiylar manzarasidan zavqlanish uchun yurishadi.

So‘qmoq rekonstruksiya qilinib, to‘r panjarasi, tutqichlar va tashrif buyuruvchilar uchun xavfsizlik karabinalari o‘rnatilganiga qaramay, sayyohlar vaqti-vaqti bilan bu yerda halok bo‘lishadi. Qurbonlar xotirasiga, yo‘lning boshida ularning ismlari yozilgan marmar lavha o‘rnatilgan bo‘lib, u ehtiyotkor bo‘lmagan insonlar uchun o‘ziga xos ogohlantirish bo‘lib xizmat qiladi.

5. AQSHdagi “Kanyonlend” milliy bog‘idagi labirint

Nomidan ko‘rinib turibdiki, bog‘da ko‘plab kanyonlar mavjud. Eng uzoq nuqtada ular labirint, deb ataladigan tuzilishda to‘planadi.

5 самых опасных туристических маршрутов в мире

Har yili parkka bor-yo‘g‘i 2000 ga yaqin sayyoh tashrif buyuradi, chunki bu yerga shunchaki borish juda qiyin. Buning uchun, avvalo, ko‘plab qoyalar va jarliklar kesib o‘tgan “Kanyonlend”ning qurg‘oqchil tik yon bag‘irlarini yengib o‘tish kerak bo‘ladi.

Labirint – siz osongina yo‘qolishingiz mumkin bo‘lgan qoyalardagi tor yoriqlar, g‘orlar va o‘tish joylari tizimi. Park xodimlari va qutqaruvchilar muntazam ravishda yo‘qolgan sayyohlarni u yerdan olib chiqishlari kerak. Agar ular o‘z vaqtida topilmasa, kunduzi issiq va tashnalikdan yoki kechasi sovuqdan nobud bo‘lishlari mumkin.


Qiziqarli


														
														Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyada XIII asrga oid qasr 1 yevroga sotuvga qöyildi

Germaniyaning Bad-Dyuben şahri ma’muriyati investorlarni jalb qiliş maqsadida XIII asrga oid Şnadits qasrini atigi 1 yevroga…
10:13 / 10.11.2026

														
														NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlikni tezlashtirmoqda

NASA Artemis IV missiyasi doirasida astronavtlarni 2028-yilda Oyga qo‘ndirishga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirmoqda.
09:34 / 25.10.2026

														
														Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda beshta yo‘lbars bolasiga qaragan Goma internet qahramoniga aylandi

Nepalda Goma ismli urg‘ochi yo‘lbars bir vaqtning o‘zida beshta bolaga — o‘zining ikkita va boshqa urg‘ochi yo‘lbarsning uch…
09:32 / 13.10.2026

														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

Bu ham qiziq

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026
Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda kuniga örtaça 12 ta yöl-transport hodisasi sodir bölmoqda

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 3 391 ta yöl-transport hodisasi (YTH) qayd etildi. Bu bir kunda örtaça 12 …
15:24 / 10.11.2026
Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026
Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

Toşkentda 500 kVli “Halqa” podstansiyasi işga tuşirildi

7-noyabr kuni Toşkent şahrida 500 kV kuçlanişli yangi «Halqa» podstansiyasiga kuçlaniş berildi. Bu haqda energetika sohasiga…
14:06 / 08.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!