$
12817.85 UZS
12.76
132.95 UZS
-0.15
13865.07 UZS
-24.61
12° Kechasi

Prezident O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni bilan bayram tabrigi yo‘lladi

09:34 / 30.07.2024

O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bayram tabrigi yo‘lladi.

“Aziz va qadrli vatandoshlar!

Avvalo, sizlarni, butun O‘zbekiston xalqini Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Biz Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida boshlagan islohotlarimiz jarayonida jamiyatimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashni eng ustuvor vazifalarimizdan biri etib belgiladik.

Dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni deb qabul qilingan 30-iyul sanasini mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lon qilganimiz va o‘ziga xos bayram sifatida keng nishonlashni an’anaga aylantirganimiz ham shundan dalolat beradi.

Dunyo miqyosida bag‘rikeng yurt sifatida e’tirof etiladigan jonajon Vatanimizda bugungi kunda 130 dan ortiq  millat va elat hamda 16 ta diniy konfessiya vakillari tinch-totuv, ahil-inoq, hamjihat bo‘lib yashamoqda. 157 ta milliy madaniy markaz va 38 ta do‘stlik jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimizdagi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonlari o‘zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirg‘iz va turkman tillarida olib borilmoqda, qardosh tilli maktablarda o‘qiyotgan farzandlarimiz davlat hisobidan darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda tashkil etilgan “Do‘stlik uylari” faoliyati har taraflama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xususan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan ushbu maqsadlar uchun zarur mablag‘lar yo‘naltirilmoqda, turli subsidiya va grantlar ajratilmoqda.

Milliy madaniy markazlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida ular davlat tomonidan zamonaviy texnik uskunalar, musiqiy asboblar, mebel jihozlari, milliy liboslar bilan ta’minlandi.

Milliy madaniy markazlar faoliyati uchun eng ko‘rkam binolar ajratib berildi. Bu maskanlarda  muntazam ravishda umummilliy bayramlar, festivallar, konsert va uchrashuvlar, taniqli madaniyat arboblarining chiqishlari, seminar va konferensiyalar o‘tkazilmoqda.

“O‘zbekiston – umumiy uyimiz” degan ezgu g‘oya barcha milliy madaniy markazlarning shioriga aylangani diqqatga sazovor. Bu jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhiti, tinchlik va osoyishtalikning amaliy ifodasidir.

O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda Xalqlar do‘stligi festivallari doirasida o‘tkazilgan davra suhbatlari, ijodiy muloqotlar, turli millat vakillarining kitob ko‘rgazmalari, fotoko‘rgazmalar, xalqaro konferensiya va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar millatlar va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining mustahkamlanishida yana bir muhim bosqich bo‘ldi.

Chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalar mustahkamlanib bormoqda.

“2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonda milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish belgilangani ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarimizning bardavom ekanini ko‘rsatadi.

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish, ularning fuqarolik burchini his etishi va anglashi, vatanparvarlik hissini kuchaytirish, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muloqot madaniyatini oshirish kabi xayrli ishlar olib borilmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, so‘nggi yetti yilda O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Buni jahon hamjamiyati, xalqaro ekspertlar, taniqli davlat va siyosat arboblari ham e’tirof etmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo‘shni davlatlar bilan do‘stona aloqalar qayta tiklangani, azaliy rishtalar yangicha mazmunda davom ettirilayotgani xalqimizning xohish va istaklari, orzu-intilishlarini yaqqol ifoda etmoqda.

Muhtaram do‘stlar!

Hech kimga sir emas, bugun dunyoda beqaror vaziyat hukm surmoqda. Xalqaro maydonda davlatlarning bir-biriga o‘zaro ishonchi susayib bormoqda. Bunday murakkab sharoitda hayotning o‘zi bizdan mamlakatimizda hukm surayotgan o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, totuvlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni buzg‘unchi yot g‘oya va oqimlar, tashqi ta’sirlardan asrashga  qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni talab etmoqda.

Ko‘pmillatli va ko‘pmadaniyatli jamiyatni oqilona boshqarish sohasida O‘zbekiston muhim tajriba to‘pladi. Bizning bu boradagi faoliyatimiz dunyo miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Biz bundan buyon ham nodavlat tashkilotlarning rolini kuchaytirish, ularning huquqlarini kafolatlash orqali fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, har bir fuqaroning vijdon erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratamiz. Mamlakatimizda millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash siyosatini izchil davom ettiramiz.

Bu oliyjanob maqsad yo‘lida yurtimiz bo‘ylab bir hafta davomida o‘tkaziladigan Do‘stlik festivallari xalqimizni yanada birlashtiradi, mintaqamizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Aziz yurtdoshlar!

Fursatdan foydalanib, sizlarni, butun xalqimizni Xalqlar do‘stligi kuni bilan yana bir bor chin ko‘ngildan muborakbod etaman.

Jonajon Vatanimizda doimo tinchlik-osoyishtalik va farovonlik hukm sursin, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqiga hamisha baxt-u saodat yor bo‘lsin!” – deyiladi prezident tabrigida.

 


O‘zbekiston


														
														Temuriylar davriga oid muhtasham Qur’on mus’hafi topildi

Temuriylar davriga oid muhtasham Qur’on mus’hafi topildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida Fransuz tadqiqotlar milliy markazining professori Kar…
11:22 / 23.10.2024

														
														Boburiylarga tegishli muhtasham albom Berlin kutubxonasidan topildi

Boburiylarga tegishli muhtasham albom Berlin kutubxonasidan topildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida bu haqida ma’lum qilindi.
11:19 / 23.10.2024

														
														Maktablarda hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilsa, qancha mablag‘ tejaladi?

Maktablarda hujjatlar elektron shaklga o‘tkazilsa, qancha mablag‘ tejaladi?

“2024-2025-o‘quv yilidan boshlab maktablarda hujjatlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi” – Maktabgacha va maktab ta’limi …
10:13 / 23.10.2024

														
														23-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-oktyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7…
22:33 / 22.10.2024

														
														Prezident xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-oktyabr kuni mahalliylashtirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, xorijiy investit…
21:23 / 22.10.2024

														
														O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bojsiz savdo zonasi tashkil qilish taklif etildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bojsiz savdo zonasi tashkil qilish taklif etildi

22-oktyabr kuni Samarqandda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlarining mintaqalararo qo‘shma forumi bo‘lib o‘tdi.
18:32 / 22.10.2024

														
														Chilonzordagi YTHda haydovchi va piyoda vafot etdi

Chilonzordagi YTHda haydovchi va piyoda vafot etdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinin…
14:51 / 22.10.2024

														
														O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilab qo‘yildi

O‘zbekistonda bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilab qo‘yildi

21-oktyabr kuni Prezident tomonidan bolalarga nisbatan oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgi…
14:04 / 22.10.2024

														
														Prezident Toshkentdagi drenaj tizimini tanqid qildi

Prezident Toshkentdagi drenaj tizimini tanqid qildi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.
13:19 / 22.10.2024

														
														Toshkent dunyoning eng iflos shaharlari reytingidan joy oldi

Toshkent dunyoning eng iflos shaharlari reytingidan joy oldi

Ayni damda O‘zbekiston poytaxtida havo tarkibidagi PM2.5 zarrachalari miqdori JSST tasdiqlagan me’yordan qariyb 10 barobarga…
10:48 / 22.10.2024

Bu ham qiziq

Boburiylarga tegishli muhtasham albom Berlin kutubxonasidan topildi

Boburiylarga tegishli muhtasham albom Berlin kutubxonasidan topildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida bu haqida ma’lum qilindi.
11:19 / 23.10.2024
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigin…
18:21 / 21.10.2024
BRIKS sammitida qaysi davlatlar ishtirok etmoqda?

BRIKS sammitida qaysi davlatlar ishtirok etmoqda?

Xabaringiz bor, 22-24-oktyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida BRIKS sammiti boʻlib oʻtadi.
13:02 / 22.10.2024
“Hizbulloh” rahbarining vorisi deb atalgan Hoshem Safi ad-Din ham halok bo‘ldi

“Hizbulloh” rahbarining vorisi deb atalgan Hoshem Safi ad-Din ham halok bo‘ldi

Isroil “Hizbulloh” rahbarining ehtimoliy vorisi bo‘lgan Hoshem Safi ad-Dinning o‘limini tasdiqladi.
09:17 / 23.10.2024
Temuriylar davriga oid muhtasham Qur’on mus’hafi topildi

Temuriylar davriga oid muhtasham Qur’on mus’hafi topildi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro madaniy meros haftaligi doirasida Fransuz tadqiqotlar milliy markazining professori Kar…
11:22 / 23.10.2024
Chilonzordagi YTHda haydovchi va piyoda vafot etdi

Chilonzordagi YTHda haydovchi va piyoda vafot etdi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinin…
14:51 / 22.10.2024
80 foiz fransiyaliklar Makronning faoliyatidan norozi

80 foiz fransiyaliklar Makronning faoliyatidan norozi

Buni mamlakatda o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi tasdiqlaydi.
20:44 / 22.10.2024
Og‘ir ko‘rpa yopinishning foydalari aniqlandi

Og‘ir ko‘rpa yopinishning foydalari aniqlandi

New Atlas nashrining xabariga ko‘ra, Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari tunda og‘ir ko‘rpa yopinib yotganda, u or…
12:18 / 23.10.2024
Toshkent dunyoning eng iflos shaharlari reytingidan joy oldi

Toshkent dunyoning eng iflos shaharlari reytingidan joy oldi

Ayni damda O‘zbekiston poytaxtida havo tarkibidagi PM2.5 zarrachalari miqdori JSST tasdiqlagan me’yordan qariyb 10 barobarga…
10:48 / 22.10.2024
Prezident Toshkentdagi drenaj tizimini tanqid qildi

Prezident Toshkentdagi drenaj tizimini tanqid qildi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘ir haqiqiy ahvolni ko‘rsatdi.
13:19 / 22.10.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!