$
12844.21 UZS
-11.72
127.35 UZS
-0.81
13508.26 UZS
-62.46
15° Kechasi

Prezident xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

21:23 / 22.10.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-oktyabr kuni mahalliylashtirish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Iqtisodiyotni harakatlantiruvchi bu yo‘nalishlarda katta ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yetti yilda mamlakatimizga 78 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar kelgan. Davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha qonun qabul qilinib, mingdan ziyod loyihalar boshlangan. 1 ming 800 turdagi yangi mahsulotni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birga, hali salohiyat katta. Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishlarning har biri tahlil qilinib, qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.

Bugungi kunda barcha tarmoqlarda 140 milliard dollarlik 366 ta yirik loyiha amalga oshirilayapti. Investitsiya loyihalari doirasida yiliga 15 milliard dollarlik uskuna, xomashyo va qurilish materiallari olib kelinayapti. Shularning har birida mahalliy ulushni ko‘paytirish mumkinligi ta’kidlandi.

Yurtimizdagi yirik tarmoqlarda ham shunday imkoniyatlar bor. Masalan, energetika tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturiga muvofiq, 36 milliard dollarlik 164 ta quvvat yaratiladi. Shundan 88 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etiladi.

Tog‘-kon sanoati bo‘yicha ham 1 milliard 230 million dollarlik dastur qabul qilingan. Sohadagi yirik kombinatlarga mahalliy korxonalar o‘zaro manfaatli bog‘langan.

Avtosanoatda ham ushbu yo‘nalishda ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Birgina qo‘shni davlatlarda avtomobil ehtiyot qismlariga yillik talab 1 milliard dollarni tashkil qiladi.

Mahalliylashtirish jarayonida narx bo‘yicha ham, sifat bo‘yicha ham raqobatdosh mahsulot chiqarib, eksportni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha aniq loyihalar shakllantirib, imkoniyatlarni natijaga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Sanoat tarmoqlari bilan hududlar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish, davlat xaridlarida mahalliy mahsulot va xizmatlar ulushini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yaqinda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida 30 milliard dollarlik investitsiya loyihalari tasdiqlandi. Bunda har bir sohaning imkoniyatlari ochib berilgan. Jumladan, transport bo‘yicha 10 milliard dollar, ijtimoiy sohalarda 6 milliard dollar, kommunal tarmoqda 5 milliard dollarlik rejalar ko‘zda tutilgan.

Bu loyihalarga investorlarni jalb qilish, mablag‘larni samarali yo‘naltirish vazifalari qayd etildi.

Yig‘ilishda xorijiy investitsiyalar oqimi va kelgusi rejalar ham ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning to‘qqiz oyida 23 milliard 660 million dollar xorijiy sarmoya kirib kelgan. Shuningdek, 4 milliard 600 million dollarlik 120 ta yirik quvvat ishga tushgan.

Yil yakunigacha bu sur’at davom etadi. Shu tariqa, 2017-2024-yillarda jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy qiymati 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda mutasaddilar belgilangan vazifalarni bajarish rejalari yuzasidan axborot berdi.


O‘zbekiston


														
														23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

23-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 3-5, kunduzi 12-14 daraja iliq bo‘ladi.
23:34 / 22.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro ha…
23:00 / 22.11.2024

														
														“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

“Toshshahartransxizmat”ga yangi rahbar tayinlandi

Sattarov shu yilning fevral oyida o‘g‘irlik va rasmiy soxtalashtirishda gumon qilinib hibsga olingan Anvar Jurayevning o‘rni…
21:50 / 22.11.2024

														
														Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-noyabr kuni Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirl…
20:30 / 22.11.2024

														
														Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

Toshkent metropoliteni uchun 26 ta yangi poyezd sotib olinadi

2017-2019-yillarda metroda 36 ta poyezd ishlagan. 2024-yil holatiga ko‘ra ularning soni 65 taga yetdi.
20:04 / 22.11.2024

														
														Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024

														
														Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024

														
														Zaharlanayotgan Boysun

Zaharlanayotgan Boysun

Mana ikki yarim oydirki Boysun aholisi zaharli gazdan qiynalyapti. Sentyabr oyida boshlangan mazkur texnogen hodisaga 2 yari…
16:02 / 22.11.2024

														
														O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
15:42 / 22.11.2024

														
														“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

“Vatandosh kartasi”ga ega shaxslar O‘zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkin

Prezident Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi …
14:19 / 22.11.2024

Bu ham qiziq

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ertaga Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
22:39 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 noyabr kuni madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish, xususan, teatrlarning jamiyat madan…
19:21 / 22.11.2024
Avstraliyada 16 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Avstraliyada 16 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Entoni Albanese rasmiy veb-saytida xabar berilgan.
18:27 / 21.11.2024
Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Zelenskiy: “Putin urushni kengaytirish yo‘lidagi ikkinchi qadamni qo‘ydi”

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning ballistik raketa bilan hujumiga munosabat bildirdi.
10:55 / 22.11.2024
Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Bayden Netanyaxuni hibsga olish to‘g‘risidagi orderni “dahshatli” deb atadi

Kecha, 21-noyabr kuni Xalqaro jinoyat sudi Netanyaxu va Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlari uchun hibsga olish to‘…
09:38 / 22.11.2024
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Ross…
18:42 / 21.11.2024
Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Qobul Dusovga 1 yillik uy qamoq jazosi tayinlandi

Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
17:39 / 22.11.2024
Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Ob-havo yomonlashgani sababli Farg‘ona xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar o‘rnatildi

Cheklovlar vaqtida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltiriladi.
17:31 / 21.11.2024
22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

22-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 4-6, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
22:47 / 21.11.2024
Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda nogironligi bor fuqarolar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
12:43 / 21.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!