Ko‘plab fransiyalikar prezident Emmanuel Makronning faoliyatidan norozi. Buni mamlakatda o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi tasdiqlaydi.
Fransiya jamoatchilik fikri instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Makronning prezidentlik faoliyatini ma’qullamaydiganlar 78 foizni, uni qo‘llab quvvatlaydiganlar esa 22 foizi tashkil qiladi.
Yaqinda Fransiya bosh vaziri lavozimini egallagan Mishel Barnierning reytingi ham pasayib bormoqda. Tadqiqot ishtirokchilarining 60 foizi uning faoliyatini ma’qullamaydi.
So‘rovnoma 2024-yil 9-17-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda 18 yoshdan oshgan 2008 nafar fransuz ishtirok etdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!