$
11833.37 UZS
35.91
139.79 UZS
0.02
13577.61 UZS
-30.76
31° Kechasi 18°

Prezident Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

08:52 / 05.09.2023

O‘zbekiston madaniyati va san’ati og‘ir judolikka uchradi.

Milliy qo‘shiqchilik san’atimizning atoqli namoyandasi, ustoz san’atkor, O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev shu yil 4-sentabr kuni 77 yoshida vafot etdi.

Sherali Jo‘rayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ildi.1971 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ni tamomlab, mehnat faoliyatini “Shodlik” ashula va raqs ansamblining xonandasi sifatida boshladi. Ko‘p yillar Andijon viloyati filarmoniyasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi kabi ijodiy tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatib, xalqimizga sidqidildan xizmat qildi.

Sherali Jo‘rayev o‘zining noyob  iste’dodi, betakror ovozi va yuksak ijro mahorati bilan yuzlab yorqin qo‘shiqlar yaratib, xalqimiz o‘rtasida munosib obro‘-e’tibor topdi. Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning ko‘plab she’riy namunalarini kuyga solib, o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining “oltin fondi”ni boyitishga beqiyos hissa qo‘shdi.

Sherali Jo‘rayev ko‘p yillik samarali ijodi bilan zamonaviy milliy san’atimiz va madaniyatimizni rivojlantirish, uning shuhratini chet ellarda keng targ‘ib etish borasida ham fidoyilik ko‘rsatdi. U jamoat ishlarida ham faol ishtirok etdi. Ayniqsa, milliy parlamentimiz deputati sifatida mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasida jonbozlik bilan faoliyat olib bordi.

Keyingi yillarda “Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi vazifasida samarali mehnat qilib, xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlashda munosib xizmat qildi.

Mohir san’atkor o‘zbek milliy qo‘shiqchiligida o‘z ijodiy maktabini yaratib, ko‘plab yosh iste’dod egalarini tarbiyaladi.

Sherali Jo‘rayevning milliy san’atimiz va madaniyatimizni rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan edi.

​Betakror san’atkor, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Sherali Jo‘rayevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

​​​Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,
A.Aripov, X.Sultonov, O.Nazarbekov


Bu ham qiziq

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026
Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

15 sentyabr kuni NATO qiruvchi samolyotlari Litva havo hududiga kirgan dronni urib tushirdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitan…
11:06 / 15.09.2026
Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayoni bilan tanishdi

​Shahar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan qad rostlamoqda va rivojlanmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan m…
16:09 / 17.09.2026
Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda mamlakatga kirish va chiqish qoidalari kuchaytirildi

Xitoyda fuqarolarning mamlakatdan chiqishi hamda xorijliklarning mamlakatga kirishi bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. …
14:26 / 16.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda bolalar kelajagi bo‘yicha Butunjahon sammiti o‘tkaziladi

21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjaho…
08:57 / 17.09.2026
Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.

O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yan…
08:16 / 16.09.2026
16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning tog…
17:14 / 15.09.2026
Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026
O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘zbekistonda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish va’dasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Davlat…
10:41 / 16.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!