Zo‘ravonlikka javob berish tizimi takomillashtirilmoqda.
O‘zbekistonda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga javob berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan yangi tashabbus boshlandi.
Tashabbus Ijtimoiy himoya milliy agentligi va BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan Jahon bankining moliyaviy ko‘magida, “INSON” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
14-sentyabr kuni Toshkent shahrida zo‘ravonlik holatlariga javob berish bo‘yicha Trenerlar uchun trening (ToT) o‘z ishini boshladi. Unda psixologlar, yuristlar, ijtimoiy xodimlar hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Trening doirasida ishtirokchilar zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, xavflarni baholash, xavfsizlikni ta’minlash va idoralararo hamkorlik bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda.
Kelgusida tayyorlangan trenerlar O‘zbekistonning barcha 14 hududida mutaxassislar uchun treninglar o‘tkazadi.
Tashabbus zo‘ravonlikni boshdan kechirgan xotin-qizlarga yanada muvofiqlashtirilgan, xavfsiz va sifatli yordam ko‘rsatish tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Trening 18-sentyabrga qadar davom etadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!