O‘zbekistonda fuqarolarni “Umra” ziyoratiga yuborish va’dasi bilan bog‘liq ikki noqonuniy holat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs tegishli litsenziyasiz fuqaroning ishonchiga kirib, uni Saudiya Arabistoniga “Umra” safariga yuborish evaziga 1100 dollar talab qilgan. U 1000 dollar va 1,2 mln so‘mni olayotgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda IIV xodimlari tomonidan ushlandi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma menejeri ikki nafar fuqaroni “Umra” safariga yuborish evaziga 2200 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!