21–22-oktyabr kunlari Samarqandda bolalar farovonligi va ularning kelajagiga oid dolzarb masalalarga bag‘ishlangan Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi.
Unda 100 dan ortiq mamlakatdan siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes va fuqarolik jamiyati vakillari, shuningdek, bolalar va o‘smirlar ishtirok etadi.
Sammit doirasida rasmiy ochilish marosimi va panel sessiyalari bilan bir qatorda, ishtirokchilarning O‘zbekistondagi ijtimoiy soha obyektlariga tashriflari ham tashkil etiladi.
Panel sessiyalarida bolalar va oilalarni ijtimoiy himoya qilish, bolalarni himoya qilish va zarur xizmatlar bilan ta’minlash, bolalar salomatligi, bolalar onkologiyasi, erta bolalik rivoji hamda inklyuziv ta’lim masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, sammit doirasida II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.
Turli mamlakatlarning tajribasi va ilg‘or yondashuvlari bir maydonda jamlanib, bolalar uchun yanada samarali tizim va amaliy yechimlarni shakllantirish masalalari muhokama etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!