Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirlandi. Prezident Vladimir Zelenskiy tegishli farmonni imzoladi.
Farmonda aytilishicha, SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari “insonlar hayoti va ozodligini himoya qilishdagi muhim xizmatlari, Ukraina va Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirganligi uchun” mukofotlangan.
Ma’lumot uchun, “Ozodlik” ordeni – Ukrainada ajnabiylar ham olishi mumkin bo‘lgan eng oliy mukofot. Mamlakat fuqarolari uchun esa “Ukraina Qahramoni” unvoni eng oliy mukofot hisoblanadi. Ukrainaning “Interfaks” nashri qayd etishicha, “Ozodlik” ordeni bilan taqdirlangan xorijliklar orasida Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni, Polsha Prezidenti Anjey Duda va boshqalar bor.
Qayd etish joiz, SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘idan Ukraina harbiylari jangovar harakatlarda keng foydalanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!