$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

18:35 / 02.09.2026

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma joriy etilishi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Bunday qonun loyihasi mavjud, ammo u hali qabul qilinmagan. Ruxsatnomaning pulli bo‘lish-bo‘lmasligi ham hali hal etilmagan. Elektron ruxsatnoma berish tizimining o‘zi yanvar oyidan beri sinov rejimida ishlamoqda, lekin undan foydalanish majburiy emas.

Avgust oyi oxirida Qozog‘istonga kirish uchun pulli ruxsatnoma joriy etilishi va bu o‘zbekistonliklarga ham taalluqli bo‘lishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Xorijliklar uchun elektron ruxsatnomani joriy etish masalasi ishlab chiqilayotgani davlat rahbari imzolagan qonun hamda respublika IIV loyihasidan ma’lum edi, ammo bu loyiha hozircha korrupsiyaga qarshi ekspertiza bosqichida turibdi. Ruxsatnomaning pulli bo‘lish-bo‘lmasligi ham hali hal etilmagan. Elektron ruxsatnoma berish tizimining o‘zi yanvar oyidan beri sinov rejimida ishlamoqda, lekin undan foydalanish majburiy emas.

Serbiya Tashqi ishlar vazirligi xabari muhokamalarga sabab bo‘ldi

Serbiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) ushbu tizim to‘g‘risida rasmiy xabar berdi va u bahs va munozaralarga sabab bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, pulli elektron ruxsatnoma tizimi Qozog‘istonda 25-avgustdan 1-noyabrgacha sinov rejimida ishga tushiriladi. Shu davrda xorijliklar Qozog‘istonga elektron ruxsatnomasiz (QazETA) ham kiritiladi, biroq ular yangi qoidalar haqida ogohlantirilishi lozim.

Serbiya TIV xabariga ko‘ra, 1-noyabrdan boshlab samolyotda keluvchilar uchun ruxsatnoma olish majburiy bo‘ladi. 15-noyabrdan YEOII a’zosi bo‘lmagan davlatlar (jumladan, O‘zbekiston) bilan chegaradagi avtomobil nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kirishda QazETA talab etiladi. 30-noyabrdan esa bu qoidalar YEOII a’zolari, jumladan, Rossiya tomonidan kirish uchun ham qo‘llanadi. 15-dekabrdan e’tiboran Qozog‘istonga poyezd va dengiz orqali keluvchilardan ham QazETA talab qilinadi.

Serbiya TIV xabarida ta’kidlanishicha, ruxsatnomani mamlakatga kirishdan kamida 72 soat oldin onlayn tarzda olish mumkin va u 180 kunga beriladi. QazETA oldindan rasmiylashtirilganda uning narxi taxminan 3900 tenge (7,3 yevro), chegarada rasmiylashtirilganda esa 7800 tenge (14,6 yevro) bo‘lishi kutilmoqda.

Qozog‘iston hukumati mamlakatga kirish uchun elektron ruxsatnoma haqida nima degan edi?

24-iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev migratsiya to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Unda, jumladan, mamlakatga kirish uchun elektron ruxsatnoma haqida so‘z borib, buning uchun to‘lov undirilishi ham qayd etilgan. «Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Qozog‘iston Respublikasiga kirishi mamlakatga kirish uchun elektron ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi», - deyilgan qonunda. To‘lov tartibi va miqdorini Qozog‘iston hukumati belgilashi kerak.

Prezident imzolagan hujjat e’lon qilinganidan 60 kun o‘tib kuchga kirishi kerak edi. Avgust oyi boshida Qozog‘istonning qonun loyihalari e’lon qilinadigan «Otkrytyye NPA» saytida mamlakat Ichki ishlar vazirligi xorijliklar uchun pullik elektron kirish ruxsatnomasini rasmiylashtirishni ko‘zda tutuvchi tuzatishlarni e’lon qildi, biroq uning narxiga aniqlik kiritilmagan. Idora tizimni 2026-yilning avgustidan dekabrigacha bosqichma-bosqich joriy etishni rejalashtirgan. Loyihaning ommaviy muhokamasi 20-avgustgacha davom etdi, 31-avgust kuni esa onlayn muhokama o‘tkazildi.

Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan QazETA raqamli platformasi yanvar oyidayoq sinov tariqasida ishga tushirilgan edi. Qozog‘istonning Rossiyadagi elchixonasi yanvar oyidagi xabarida aytilishicha, u orqali Qozog‘iston bilan vizasiz rejim amal qiladigan mamlakatlar (jumladan, O‘zbekiston) fuqarolari uchun ham elektron kirish ruxsatnomasini rasmiylashtirish mumkin. Biroq, ETA (Electronic Travel Authorization) olish hozircha «tavsiyaviy xususiyatga» ega bo‘lib, uni bosqichma-bosqich joriy etish sinov loyihasi yakunlanganidan so‘ng rejalashtirilmoqda. Ruxsatnoma olish uchun safardan kamida 72 soat oldin ariza topshirish kerak va u 180 kun davomida amal qiladi.

25-avgust kuni, ya’ni To‘qayev imzolagan qonun e’lon qilinganidan 60 kun o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatda yangi migratsiya qonunchiligi amalga oshirila boshlangani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Shu bilan birga, Qozog‘iston hukumati hozircha samolyot, avtomobil va poyezdda chegarani kesib o‘tuvchilar uchun yangi kirish rejimi hamda uning majburiy tartibini joriy etish muddatlari haqida hech qanday e’lon bermadi.

Qozog‘istonga kirish o‘zbekistonliklar uchun pullik bo‘ladimi?

Bu haqda rasman xabar berilmadi. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi TASS agentligiga to‘lovni joriy etish masalasi «ochiq qolayotganini» ma’lum qildi; shartlar va tafsilotlar qoidalar kuchga kirgach e’lon qilinadi.



														
														YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

YIHS Rossiyaga qarshi qariyb 900 ta ishni yopdi.

Yevropa inson huquqlari sudi (YEIHS) resurslar yetishmasligi sabab Rossiyaga qarshi berilgan 879 ta individual shikoyatni ko…
16:53 / 04.09.2026

														
														Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Qozog‘istonga kirish uchun pulli elektron ruxsatnoma - vaziyat haqida nimalar ma’lum?

Internetda noyabr oyidan boshlab, vizasiz mamlakatlar fuqarolari uchun Qozog‘istonga kirishga pulli elektron ruxsatnoma jori…
18:35 / 02.09.2026

														
														AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda ayol 11 oylik o‘g‘lini otasiga berib yubormaslik uchun o‘ldirdi

AQSHda 36 yoshli ayol sud qarori bilan farzandining otasiga berilishi belgilanganidan so‘ng 11 oylik o‘g‘lini olib qochib, u…
12:55 / 30.08.2026

														
														AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh Venesueladagi 17 ta neft konini o‘zlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda AQSH prezidenti o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi.
14:58 / 29.08.2026

														
														Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan mukofotladi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Ukrainaning “Ozodlik” ordeni – mamlakatdagi eng oliy davlat mukofotlaridan biri bilan taqdirl…
16:13 / 26.08.2026

														
														Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda

Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan o‘zidan oldingi prezident Robert Kocharyan hibsga olinganidan keyin mansab vak…
17:41 / 25.08.2026

														
														Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil Suriyani yana o‘qqa tutdi

Isroil 22-avgust kuni Suriya janubiga zarba berib, buni “terrorchi”ni yo‘q qilish amaliyoti deb atadi. Damashq esa havo hudu…
15:49 / 23.08.2026

														
														Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026

														
														AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

AQSh Bayden ma’muriyati qurbonlari uchun jamg‘arma yaratish rejasidan voz kechdi

“Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi Todd Blansh yakshanba kuni kechqurun prezident Tramp tarafdorlariga kompensatsiya to‘la…
17:29 / 03.08.2026

														
														Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Peruda sayyohlar samolyoti qulab tushdi

Bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi.
16:40 / 02.08.2026

Bu ham qiziq

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Yakkasaroyda quvur yorilib ketdi

Hodisa oqibatida bir kishi jarohat olgan. Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan.
17:01 / 03.09.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026
Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Messi beva jurnalistga og‘ir kunlarni yengib o‘tishda yordam bergani ma’lum bo‘ldi

Argentina terma jamoasidan ketganini e’lon qilgan Lionel Messiga jurnalist Veronika Brunati ta’sirli maqola orqali minnatdor…
14:07 / 04.09.2026
AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSh sudi Trampning tug‘ilish orqali fuqarolikni cheklash haqidagi qarorini to‘xtatdi

AQSH federal sudyasi Donald Tramp ma’muriyatining tug‘ilish orqali fuqarolik olish huquqini cheklashga qaratilgan yangi farm…
09:36 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

4-sentyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent viloyati, Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutiladi.
17:26 / 03.09.2026
Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

2026-yil 2-sentyabr — yangi o‘quv yilining ilk kunida Toshkent ko‘chalaridagi transport oqimi 24-avgustdagi odatiy ish kunig…
09:48 / 03.09.2026
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar mukofotlandi

Misr poytaxti Qohira shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari i…
10:12 / 03.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026
Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

Toshkentda Tashkent International Half Marathon – 2026 o‘tkaziladi

6-sentabr kuni Toshkent shahrida Tashkent International Half Marathon – 2026 xalqaro yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Isht…
15:11 / 02.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!