Joriy yilning 30-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashdi.
Suhbat davomida afgʻon yoʻnalishidagi Oʻzbekiston-AQSh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afgʻonistondagi vaziyat rivoji masalalari muhokama qilindi.
Yuqori martabali diplomat Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga gumanitar koʻmak berish va Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatish borasidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.
Amerika tomoni 2022-yil 25-26-iyul kunlari Afgʻoniston boʻyicha Toshkent xalqaro konferensiyasining muvaffaqiyatli oʻtganini alohida taʼkidladi.
Mazkur forum nafaqat Afgʻonistonda, balki butun mintaqada barqarorlikni taʼminlash boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarni faollashtirishda muhim platformaga aylangani alohida taʼkidlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!