Putin Rossiya Qurolli kuchlari sonini oshirish haqidagi farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Qurolli kuchlarining umumiy shtat sonini 2 426 130 nafarga yetkazishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, harbiy xizmatchilar soni 1 million 535 ming nafarga yetkazilib, ularning soni 25 ming kishiga oshiriladi.
Ma’lum qilinishicha, shtat sonining ko‘paytirilishi 2006-yilda tugatilgan harbiy-qurilish bo‘linmalarini qayta tiklash bilan bog‘liq. Farmon 2026-yil 1-avgustdan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin joriy yil 12-iyun kuni ham Qurolli kuchlar tarkibidagi harbiylar sonini 1 million 510 ming nafarga yetkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
Shuningdek, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitry Medvedev aprel oyida yil boshidan buyon 127 ming kishi Rossiya armiyasi bilan shartnoma imzolaganini, yana 10 ming kishi ko‘ngilli tuzilmalarga qo‘shilganini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!