Qashqadaryo viloyatida yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Ushbu jarayon davomida, fuqaro Sh.U. “M.M.” fermer xo‘jaligiga qarashli 25 gektar yer maydonini fuqaro E.M.ga firibgarlik yo‘li bilan 240 mln so‘mga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini tanishlari yordamida to‘g‘rilab berishni va’da qilib, oldindan 100 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!