$
12654.13 UZS
67.72
161.18 UZS
0.76
14817.99 UZS
59.17
35° Kechasi 21°

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha protokol imzolandi

10:44 / 20.09.2022

Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi vaziyatni barqarorlashtirish va davlatlar o‘rtasida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha protokol imzoladi va mojaro hududidan harbiy kuchlarni olib chiqishni boshlashga kelishib oldi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) raisi Qamchibek Tashiyev va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Saymo‘min Yatimovning uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Turmush agentligi xabar berdi.

“Tojikiston bilan protokol imzoladik. Protokolning asosiy mohiyati vaziyatni barqarorlashtirish va ikki davlat o‘rtasida tinchlik o‘rnatish, vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha ish olib borishdan iborat”, – degan Tashiyev.

Uning ta’kidlashicha, raislarning so‘nggi yig‘ilishidan so‘ng ular “barqarorlik va tinchlik o‘rnatish yo‘lida bir necha qadam tashlagan” va hozirda Botken viloyatidagi vaziyat “asta-sekin barqarorlashmoqda”.


“Vaziyat barqarorlashishiga ishonch bor. Balki ertaga kechqurun yana yig‘ilish o‘tkazarmiz”, – deya qo‘shimcha qilgan Qamchibek Tashiyev.

Qayd etilishicha, tomonlar mojaro hududidan harbiy kuchlarni olib chiqishni boshlash va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishga kelishib oldi. Ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlarining uchrashuvi Tojikistonning So‘g‘d viloyati chegarasida bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati AKIpress agentligiga xabar berishicha, uning davomida to‘rt nafar qirg‘izistonlik harbiy xizmatchi Bishkekka topshirilgan.

Eslatib o‘tish mumkin, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida to‘qnashuvlar 14 sentyabr kuni ertalab boshlangan. Keyinroq Bishkek va Dushanbe qo‘shinlarini doimiy joylarga olib chiqishga kelishib oldi. Biroq 16 sentyabr kuni har ikki tomon otishma qayta boshlangani haqida xabar berdi. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 31 kishi kasalxonaga yotqizilgan. To‘qnashuvlar Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Leylek va Botken tumanlarida sodir bo‘lgan.



														
														Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Putin Rossiya harbiy xarajatlarini kamaytirish niyatida

Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
15:03 / 29.06.2025

														
														G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025

														
														AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025

														
														Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
16:31 / 26.06.2025

														
														Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

Mers Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishning oqibatlaridan ogohlantirdi

“Bu mojaroning harbiy yechimi yo‘q. Biz Moskvaga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz kerak”, — degan Fridrix Mers.
10:52 / 26.06.2025

														
														Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga hujumi bilan butun dunyo e’tiborini G‘azo sektoridagi voqealardan chalg‘itishga…
14:35 / 24.06.2025

														
														Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxu Eron bilan otashkesim kuchga kirganini tasdiqladi

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, operatsiya davomida Isroil “ulkan tarixiy yutuqlarga” erishgan va mavjud bo‘lgan ikkita ekzi…
12:31 / 24.06.2025

														
														Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Eron va Isroil o‘rtasida sulh kuchga kirdi

Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.
11:14 / 24.06.2025

														
														Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

Damashqdagi cherkovda uyushtirilgan teraktda 20 kishi halok bo‘ldi

“Suriya poytaxti Damashqning sharqiy qismida joylashgan avliyo Pavel cherkovida portlash sodir bo‘ldi”, –  deb xabar bermoqd…
10:23 / 23.06.2025

														
														Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025

Bu ham qiziq

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

29-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol …
15:05 / 28.06.2025
Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Toshkent Shimoliy vokzali yaqinidagi tunnelda Gentra yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
12:39 / 26.06.2025
O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 12 kishi BAAda ushlandi

O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 12 kishi BAAda ushlandi

“Bu shaxslar mamlakat sud organlari oldida javob berish va munosib jazo olish uchun topshiriladi”, – deyiladi xabarda.
10:11 / 26.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda jami 201 ta oliygoh faoliyat yu…
12:14 / 26.06.2025
Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Andijonda jihodchilarning yashirin jamoasi aniqlandi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchilar diniy ekst…
11:57 / 28.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025
30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

30-iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol e…
16:57 / 29.06.2025
Prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi

“Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgani jurnalistika uchun katta imkoniyatlar oc…
09:57 / 27.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!