$
12586.41 UZS
54.63
160.42 UZS
0.6
14758.82 UZS
220.7
32° Kechasi 20°

Qirolicha Yelizaveta II ning avlodlari qayerda va ular qanday hayot kechirishmoqda?

16:58 / 26.04.2022

Britaniya qirollik oilasiga yillar davomida qiziqish oshsa oshadiki, ammo kamaymaydi. Mamlakatni yarim asrdan ortiq vaqt davomida boshqarib kelayotgan qirolicha Yelizaveta II alohida hurmat-ehtiromga ega shaxs hisoblanadi. “Millat buvisi” Britaniya fuqarolarining bir necha avlodlari uchun namunadir.

Qirolichaning o‘zi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin, ammo uning oilasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Yelizaveta II ning to‘rt farzandi, sakkiz nabirasi va o‘n ikki evarasi bor. Quyida qirollik oilasining eng yosh avlodlari qanday hayotda yashayotganliklarini bilib oling.

Savanna Enn Fillips

2010-yilning 29-dekabr kunida Piter Fillipsning rafiqasi Autumn Kelli birinchi farzandini dunyoga keltirgan va qizaloqni Savanna Enn deb nomlashga qaror qilishgan. Chaqaloq Angliya qirolichasining birinchi evarasiga hisoblanadi. U, shuningdek, malika Annaning birinchi nabirasi. Anna esa Yelizavetaning to‘rt farzandidan yagona qizi.

Savanna barcha bolalar singari tarbiyalanmoqda. Ba’zida, u va singlisi ota-onasi bilan paparatsilarning fotonigohlariga tushib qolishadi. Parad paytida yosh xonim uyalmasdan shahzoda Jorjning og‘zini qo‘li bilan yopgan harakatining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin. Uning bu harakatining sababi bola Britaniya madhiyasini kuylardi, lekin Savannaga bu unchalik yoqmagan bo‘lsa ajab emas.

Ayla Yelizavet Fillips

2012-yilning 29-mart kuni Piter Mark Endryu Fillips va Autumn ikkinchi marta ota-onalik baxtiga erishishgan. Ular yana bir bor qiz farzand ko‘rishgan va qizaloqni Ayla deb atashgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, o‘sha paytlarda yosh oila Xitoyda uzoq vaqtdan buyon yashashardi. Ammo ular farzandlarini Buyuk Britaniyada tug‘ilishini istashgan.

Opasi Savannadan farqli o‘laroq, Ayla kamtarinligi, xushmuomalaligi va qat’iyatliligi bilan ajralib turadi. Ota-onalar qizlarini barcha bolalar kabi tarbiyalashmoqda. Atrofdagilarning aytishicha, Aylaning opasidan yana bir farqli jihati u otasiga ko‘proq bog‘lanib qolgan.

Shahzoda Jorj

2013-yilning 22-iyulida Yelizaveta II uchinchi marta katta buvi bo‘ldi. Kembrij gersoginyasi Keyt Midlton va shahzoda Uilyam (shahzoda Charlz va malika Diananing o‘g‘li) chaqaloq Jorjning ota-onasi bo‘lishdi. Shunisi e’tiborliki, shahzoda bir vaqtlar malika Diana ikkala o‘g‘lini ham dunyoga keltirgan tug‘ruqxonada tug‘ilgan.

Uzoq kutilgan birinchi o‘g‘il evara ingliz taxti uchun uchinchi o‘rinni egalladi. Uning tarbiyasiga alohida ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari ajablanarli emas. Bundan tashqari shahzoda dunyoda bo‘yicha oxirgi o‘n yillikdagi eng uzoq kutilgan va muhokamalarga sabab bo‘lgan chaqaloqqa aylandi. Ota-onalarning ta’kidlashicha, Jorj o‘ziga ishonib topshirilgan mas’uliyat yukini his qilgandek, har doim o‘zini ehtiyotkor va vazmin tutadi.

Mia Greys Tindall

2014-yil 17-yanvarda Zara Fillips (malika Annaning yagona qizi va Angliya qirolichasining birinchi nabirasi) va Mayk Tindall birinchi marta ota-ona bo‘lishdi. Ular Mia ismli maftunkor qizni dunyoga keltirishdi. Qizaloq turli xil qoida va odob-axloqiy me’yorlarsiz erkin va yorqin hayot kechirmoqda. Ota-onalarning g‘amxo‘rligi bilan ulg‘ayayotgan qizning hayollarida taxt haqidagi fikrlar umuman o‘rin egallamagan. U ko‘proq otlarga, turli xil faol o‘yinlarga va atrofidagi dunyoni o‘rganishga qiziqadi.

Malika Sharlotta

2015-yilning 2-mayida shahzoda Jorj singilli bo‘ldi. Taxtga egalikda to‘rtinchi o‘rinni egallagan qizning ismi Sharlotta edi. Yosh xonim o‘zining katta oilasi faxriga aylandi. U o‘zida aristokratik odob va olijanob irodani aniq ifoda etadi. Uni ko‘pincha katta buvisi Yelizaveta II bilan solishtirishadi. Haqiqatdan ham ularning bolalikdagi fotosuratlarida ular bir-birlariga o‘xshaydi. Albatta, kichkina qizaloq Sharlotta suhbatlashishni, hazillashishni va bolalarga xos bo‘lgan tarzda hayot haqida gapirishni yaxshi ko‘radi.

Shahzoda Lui

Buyuk Britaniya taxti uchun beshinchi o‘rinni 2018-yil 23-aprelda tug‘ilgan Keyt Middlton va shahzoda Uilyam farzandlarining eng kichigi egalladi. Bolani Lui deb atashgan. Onasining so‘zlariga ko‘ra, bu chaqaloq deyarli boshqalarga muammo tug‘dirmaydi, ayniqsa, quvnoq shahzoda ijodiy qobiliyatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Yosh bo‘lishiga qaramay, kichik shahzoda qo‘shiq aytish, raqsga tushish, cholg‘u chalish bilan shug‘ullanadi.

Qiziqarli fakt: Lui aytgan birinchi so‘z “Meri” bo‘lgan. Shahzoda onasi kabi Meri Berri ismli britaniyalik taomlar muallifi tomonidan olib boriladigan pazandalik teleko‘rsatuvini yaxshi ko‘radi. Bolakay birinchi harflarini ham aynan Merining oshxona kitoblaridan o‘rgangan.

Lena Yelizavet Tindall

Mia Greys Tindallning singlisi 2018-yil 18-iyunda dunyoga kelgan. Afsuski, Zara Fillips qizlari tug‘ilishi orasida ikki marta homila tushishini boshdan kechirgan. Ammo qirolicha Yelizaveta II ning birinchi nevarasi Zara haqiqatan ham ikkinchi farzand ko‘rishni xohlardi, va nihoyat uchinchi urinishda uning orzusi amalga oshgan.

Chaqaloq Lena taxt uchun navbatdagi yigirma ikkinchi o‘rinni egallagan. Zara va Maykning oilasi jamoat hayotidan uzoqda bo‘lishni ma’qul ko‘rishgan. Ular tinch oilaviy farovonlik va muntazam hayotni afzal ko‘radilar. Ularning kenja qizi haqida aniq ma’lum bo‘lgan yagona narsa shuki, u qirolichaning barcha evaralari orasida 4200 gramm vazn bilan tug‘ilgan eng katta chaqaloq edi.

Archi Mauntbatten-Vindzor

2019-yil 6-may kuni shahzoda Garri va Meghan Markl birinchi marta ota-ona bo‘lishdi. Ular o‘g‘liga Archi deb ism qo‘yishdi. Buyuk Britaniyaning hukmronligi uchun chaqaloq sakkizinchi o‘rinni egalladi. Shunga qaramay, u shahzoda hisoblanmaydi. Ota-onalar bu unvondan voz kechishga qaror qilishgan. Buning sababi Garri va Meghan paparatsilarning, muxlislarning doimiy va diqqatli e’tiborida bo‘lish va har daqiqada odob-axloq qoidalariga rioya qilish haqida o‘ylashdan ko‘ra, oddiy hayot kechirishni ma’qul ko‘rishdi. Archi tug‘ilgandan so‘ng, yosh oila AQShga ko‘chib o‘tdi va u yerda o‘z hayotlarini davom ettirishmoqda.

August Filipp Xok Bruksbank

2021-yil 9-fevralda ingliz tadbirkori Jek Bruksbank va uning rafiqasi malika Yevgeniya Viktoriya Xelena York (qirolicha Yelizavetaning oltinchi nabirasi) bolakay Augustning ota-onasi bo‘lishdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, chaqaloqning ikkinchi ismi mashhur bobosi Filipp (qirolichaning turmush o‘rtog‘i) sharafiga qo‘yilgan. Bu bola Buyuk Britaniya taxt navbatiga egalik qilmaydi, chunki u rasmiy ravishda taxtdan ancha uzoqda bo‘lgan oddiy odam hisoblanadi.

Lukas Filipp Tindall

Zara Fillips va Mayk Tindallning uchinchi farzandi 2021-yil 21-martda tug‘ilgan. Bu chaqaloq Lukas edi. Bolakayning ikkinchi ismi, malika Evgeniyning o‘g‘li singari, qirolicha Yelizavetaning eri, ya’ni bobosi Filipp sharafiga qo‘yilgan. Qiziqarli fakt: bolakay Glostershirdagi oilaviy uyda dunyoga kelgan. Bolakay taxt uchun navbatda yigirma uchinchi qatorni egallaydi.

Lilibet Diana Mauntbatten-Windsor

2021-yilning 6-aprel kuni Yelizaveta II ning nabirasi Garri va Meghan Markl ikkinchi farzandining dunyoga kelishi bilan qirollik oilasini xursand qilishdi. Qizaloqqa Lilibet Diana ismini berishdi. Qiziqarli fakt: birinchi ism qirolicha Yelizaveta II ning “uy”dagi ismi bo‘lib, uni faqat qirollik oilasi a’zolari shunday chaqirishadi. Ikkinchi ismi esa siz taxmin qilganingizdek, go‘zal buvisi Diana xonim sharafiga qo‘yilgan. Qiziqarli fakt: butun dunyo bo‘ylab bukmekerlar chaqaloq tug‘ilishini kutib, aynan shu ismga pul tikishgan.

Meghan va Garrining ikkala farzandi ham qirollik unvoniga ega emas. Ammo Lilibetni, tasdiqlangan odob-axloq qoidalariga muvofiq, xonim deb atash mumkin. Asosiy jihati shundaki, bu qiz Amerika Qo‘shma Shtatlari hududida tug‘ilgan ingliz oilasining birinchi farzandi bo‘ldi. Qayd etish joizki, bu go‘dak ushbu mamlakat fuqaroligini tug‘ma huquqi bilan oladi.

Sienna Yelizaveta Mapelli-Mozzi

Malika Yevgeniya Yorkning katta singlisi Beatrisa York 2021-yil
18-sentabrda birinchi farzandini dunyoga keltirdi. Qayd etish joizki, bu uning turmush o‘rtog‘i Edoardo uchun ikkinchi farzand hisoblanadi. Birinchi o‘g‘li besh yoshli Vulfining onasi Dara ismli sobiq xotini bo‘lgan.

Malika Beatrisa qirollik an’analarini hurmat qiladi va ularga rioya qiladi. Shuning uchun chaqaloqning ismi tug‘ilgandan ikki hafta o‘tgach rasman e’lon qilindi. Chaqaloqqa Sienna ismini qo‘yishdi. Hozircha chaqaloq haqida ko‘p narsa ma’lum emas. Ammo yosh ota-onalar o‘zlarining shaxsiy bloglarida qizaloq o‘zini yaxshi his qilayotgani va o‘gay akasi unga muloyimlik bilan muomala qilayotganini yozishgan.


Qiziqarli


														
														2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

2024-yilda dunyo millionerlari soni 2,34 million kishidan oshdi

Bu haqda Knight Frank kompaniyasining yillik Wealth Report hisobotida keltirildi.
12:45 / 08.03.2025

														
														Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Mumtoz Mahal kim edi va Toj Mahal nima uchun unga atalgan?

Dunyoning eng buyuk me’moriy obidalaridan biri bo‘lgan va haqiqiy sadoqat, sevgining timsoli hisoblanadigan Toj Mahal o‘zini…
17:04 / 06.02.2025

														
														O‘sha tun...

O‘sha tun...

Voqeiy hikoyaO‘sha kuni qo‘shni bolalar bilan qora kechgacha o‘ynadik.
16:27 / 03.02.2025

														
														Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Meduza niqobi: Sitsiliyada 2000 yildan oshiq noodatiy artefakt topildi

Italiyalik arxeologlar Sitsiliya janubidagi Agrigento provinsiyasidagi zamonaviy Likata yaqinida joylashgan qadimiy Finziade…
11:14 / 27.01.2025

														
														Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan “otalari”

Ilm-fan otalari tarix kitoblaridagi shunchaki nomlar emas. Ular g‘oyalari bilan insoniyat sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan o…
12:11 / 15.01.2025

														
														Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Gender testlari mojarosi bilan tanilgan Iman Halif Google’da eng ko‘p qidirilgan sportchi bo‘ldi

Google qidiruv tizimi orqali 2024-yilda eng ko‘p izlangan mavzularni sarhisob qildi va qidiruvlarni yo‘nalishlar bo‘yicha aj…
11:22 / 12.12.2024

														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

Bu ham qiziq

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025
Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Yunon-rum kurashi. O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida birinchi bo‘ldi

Vyetnamda sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.
17:33 / 25.06.2025
Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

Mirziyoyevning Mo‘g‘uliston davlat tashrifi yakuniga yetdi

O‘zbekiston yetakchisining Mo‘g‘ulistonga ilk tashrifi ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p q…
14:19 / 25.06.2025
G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

G‘azoda Isroil tarqatayotgan un qoplarida giyohvand moddalar topildi

Bu haqda Quds news network xabar berdi.
15:56 / 28.06.2025
Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
11:55 / 26.06.2025
Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

Tramp Netanyaxuga qarshi olib borilayotgan sud jarayonini bekor qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
16:31 / 26.06.2025
O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

O‘zbekistonda bakalavriatga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatga olish yakunlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda O‘zbekistonda jami 201 ta oliygoh faoliyat yu…
12:14 / 26.06.2025
O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Prezidenti YOII sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun kuni Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining na…
17:50 / 27.06.2025
“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

“Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025-yil 22-iyun kuni shahar tashqarisida joylashgan Green Hills Resort kompleksi Kia Sonet egalari uchun haqiqiy tortishish…
14:30 / 26.06.2025
27-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-iyun kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:01 / 26.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!