$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Quruq teri holatini yaxshilashning 11 usuli

21:22 / 30.01.2022

Teri quruqligi – keng tarqalgan kosmetik muammolardan biridir. Yuz terisi quruqligi tashqi koʻrinishga zarar yetkazish bilan birga kundalik hayotda noqulayliklarni keltirib chiqaradi, kayfiyatga salbiy taʼsir qiladi, koʻpincha muammoni hal qilishga yordam bermaydigan qimmatbaho kosmetika vositalarini qayta va qayta sotib olishga majbur etadi. Teri quruqligi muammosini hal qilish uchun sinalgan choralardan foydalanish va umumiy yondashuv juda muhim.

Suli yormasi

Suli yormasi oʻtmishda ham terisining goʻzalligiga befarq boʻlmagan qiz va ayollar uchun universal parvarish vositasi hisoblangan, ular suli yormasidan foydalanib, yuz terisi uchun har hil niqoblar tayyorlashgan. Afsuski, bunday usullarning koʻpi oradan vaqt oʻtib unutilgan. Suli yormasidan tayyorlangan boʻtqa – kolloid birikmalarining tabiiy manbai hisoblanadi. U terini oziqlantiradi va namlantiradi, shuningdek muammoli teridagi qichishishni kamaytiradi.

Foydali qoʻshimchalar

Zamonaviy ishlab chiqaruvchilar quruq terini parvarish qilish uchun koʻplab variantlarni taqdim etishadi. Teringiz holati va moddiy imkoniyatingizdan kelib chiqib, quruq teri parvarishi uchun moʻljallangan kremlar, spreylar, tonik, gel va koʻpiklardan birini sotib olishingiz mumkin. Biroq, kosmetika vositalarini xarid qilishda uning tarkibini diqqat bilan oʻqib chiqish kerak. Mahsulotning teri holatini qanchalik yaxshilay olishini vositaning tarkibini oʻqib bilib olsa boʻladi. Glikol kislotasi – shakarqamish, baʼzi mevalar, misol uchun uzum tarkibida boʻladigan tabiiy modda. U terini ehtiyotkorlik bilan tozalaydi, namlantiradi va silliqlaydi. Glikol kislotasi barcha teri turlarini parvarish qilishga mos kelgani sababli kosmetologiyada juda mashhur. Kosmetika vositasi tarkibida sut kislotasining ham borligi uning yaxshi natija berishini anglatadi. Sut kislotasi terini mayinlashtiradi va oziqlantiradi.

Kokos yogʻi

Kokos yogʻi tarkibida teri hujayralari orasiga chuqur singib kiruvchi tabiiy yogʻ kislotalari mavjud. Bu terining tabiiy namligini qayta tiklaydi, ajinlarni yoʻqotishga yordam beradi. Kokos yogʻini terining nozik sohalari uchun ham qoʻllash mumkinligi uning qiymatini oshiradi.

Oʻrtacha harorat

Dush qabul qilayotganda suv haroratini oshirib yubormaslik – terining tabiiy namligini saqlab qolishning eng oddiy usuli hisoblanadi. Terisi tabiatan quruq boʻlgan odamlarga issiq suvda dush qabul qilish ham, saunaga borish ham mumkin emas.

Ovqatlanish tartibi

Oziq-ovqat tarkibidagi antioksidantlar teridagi quruqlik muammosini bartaraf etib, salomatlikka ijobiy taʼsir qiladi. Yuz terisi quruq boʻlgan odamlarga pomidor va yasmiqdan tayyorlangan taomlarni koʻproq yeyish foydali boʻladi. Tarkibida Omega-3 kislotasi boʻlgan mahsulotlar ham quruq teri egalari uchun foydali. Omega-3 ni baliq va yongʻoqlar tarkibidan topish mumkin. Terining chiroyli koʻrinishda boʻlishi organizmdagi A vitamini va beta-karotin miqdoriga ham bogʻliq, ular kartoshka va sabzi tarkibida koʻp boʻladi. Terining ichki namligini qayta tiklamoqchi boʻlsangiz, tarkibida Omega-3 yogʻi va E vitamini boʻlgan avokadoni koʻproq isteʼmol qiling.

Qiziqarli maʼlumot: Koʻpchilik sitrus mevalar ham teri salomatligi va tashqi koʻrinishni yaxshilashda foyda berishi haqida bilmaydi. Sitrus mevalarni tez-tez isteʼmol qilib turish teri holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Misol uchun, mandarin tarkibida quruq va shikastlangan terini qayta tiklash va davolash uchun zarur boʻlgan A vitamini bor.

Vazelin

Katta yoshli odamlar quruq terini parvarish qilishda koʻp hollarda vazelindan foydalanishadi. Ushbu vosita terining tabiiy namligini qayta tiklab, quruqlik natijasida kelib chiqqan yoqimsiz holatlar – yorilishlar, qizarish, qichishish va teridan poʻst ajralishiga qarshi kurashadi. Uni qoʻllar va tovonlar terisini parvarish qilishda ikkilanmay qoʻllash mumkin.

Teriga zarar bermaslik

Nam terini sochiq bilan artib quritishga odatlanmang, bu teriga zarar yetkazadi. Yuz terisini sochiq bilan bosib artish oqibatida terida quruqlik paydo boʻladi, baʼzida poʻst ajralishi ham mumkin. Yuzni yuvgandan keyin uni sochiq bilan yengil bosib artish yoki shunchaki oʻzi qurib qolishini kutish kerak.

Toʻgʻri namlantirish

Terini namlantirish uchun qanday turdagi kremdan foydalanish muhim emas, muhimi uni qachon va qanday qoʻllashni bilishdir. Kremni dush qabul qilib boʻlgandan keyin yoki yuzni yuvgandan soʻng uni artib, namlik toʻliq yoʻq boʻlib ketgunigacha surtishga ulgurish kerak.

Bodring boʻlaklari

Yangi bodring boʻlaklarini qovoqlar ustiga qoʻyish koʻzlar hamda qovoqlardagi shishlarni bartaraf etadi. Bundan tashqari, ushbu usul koʻzlardagi qizarish va qichishishning ham oldini oladi, koʻz atrofidagi sohada yuzaga kelgan quruqlikni bartaraf etadi.

Maxsus choʻtka

Teri yuzasida vaqti-vaqti bilan oʻlik hujayralar toʻplanib qoladi. Bu tabiiy jarayon. Terining mayin boʻlishi, qon aylanishining yaxshilanishi va epidermis namlikni yaxshiroq singdirib olishi uchun oʻlik hujayralarni tozalab tashlash kerak boʻladi. Buning uchun uqalash choʻtkasi bilan terining quruq sohalarini yengil ishqalash tavsiya etiladi.

Sutli kompress

Sut tarkibida terini oziqlantiruvchi va namlantiruvchi moddalar ham, quruq terini davolashga yordam beradigan elementlar ham bor. Undan foydalanish usuli esa oddiy: buning uchun matodan tayyorlangan salfetka sutga botiriladi va yuz terisi ustiga joylashtiriladi. Niqob shu holatda 15-20 daqiqaga qoldiriladi.


Foydali


														
														Oltin narxi keskin pasaydi

Oltin narxi keskin pasaydi

“Bu 2013-yildan buyon kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir”, deb ma’lumot bermoqda RBK nashri.
12:58 / 22.10.2025

														
														Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

Prezident: “Bolalar va majburiy mehnatga barham berish — bizning qat’iy irodamiz natijasi”

O‘zbekistonning bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha ilg‘or tajribasi Xalqaro mehnat tashkiloti tomon…
12:04 / 17.10.2025

														
														Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025

														
														Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora bilan ushlandi

Tergov harakatlari olib borilmoqda.
08:22 / 28.09.2025

														
														iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

iOS 26 da aqlli quvvat tejash rejimi o‘zgardi

Rejim har doim emas, tizim ortiqcha sarfni sezganda ishga tushadi.
15:16 / 19.09.2025

														
														Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025

														
														Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi

Profilga musiqa qo‘shish, birlamchi profil sahifasini tanlash va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
21:55 / 01.09.2025

														
														2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

2025-yilning o‘tgan davrida startaplarga 264 mln dollar xorijiy sarmoya kiritildi

Bugungi kunda O‘zbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanar…
14:51 / 20.08.2025

														
														Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Chiqindilar muammosi – aholi anglamayotgan xavf

Har kuni uyimizdan chiqqanimizda, ko‘chada chiqindilarga ko‘zimiz tushadi. Ular ba’zan chiqindi qutilarida to‘planib, ba’zan…
17:18 / 11.08.2025

														
														O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

O‘zbekiston qulupnay va boshqa rezavor mevalar yetishtirishni ko‘paytirmoqda

2025-yilning o‘tgan 7 oyi ichida avvalgi yilga nisbatan 6.6 foiz ko‘proq mahsulot yetishtirilgan
19:53 / 10.08.2025

Bu ham qiziq

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!