O‘zbekistonda Ramazon oyining ilk haftasida uch mingga yaqin xonadonlarga 473 million 930 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ehson sifatida tarqatilgan. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi Ne’mat Musayev AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Ramazon oyining ilk haftasida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uch mingga yaqin xonadonlarga 473 million 930 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy ko‘makka muhtoj 149 nafar shaxsga esa 128 million so‘mlik pul mablag‘lari yetkazilgan.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida yashaydigan, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan 15 nafar fuqaroga xayriya tadbiri uchun 4,6 million so‘m, Islom sivilizasiyasi markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Kitob – kamolot kaliti” ko‘rgazmasi ishtirokchilarini rag‘batlantirishga esa 4 million so‘m mablag‘ ajratilib, haqdorlarga eltib berilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!