Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29-iyul kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
“Kelajak oʻyinlari” oʻzida anʼanaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.
Musobaqa 29-iyuldan 9-avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, Oʻzbekiston sportchilari ishtirokida oʻtkaziladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!