O‘zbekistondagi muzeylardan 500 dan ortiq eksponat yo‘qoldi
Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridagi davlat muzeylarida o‘tkazilgan xatlov davomida 500 dan ortiq eksponat yetishmayotgani aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi va uning filiallarida, jumladan, G‘afur G‘ulom nomidagi Qo‘qon adabiyot muzeyida qariyb 500 ta, Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondida esa 16 ta eksponat mavjud emasligi aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqiy baho berish va tegishli choralar ko‘rish uchun hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.
Mazkur xatlov ishlari Prezident qarori hamda hukumat va Bosh prokuraturaning qo‘shma qarori asosida muzey fondlaridagi eksponatlarning saqlanish holatini o‘rganish maqsadida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!