O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 27-sentabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilingan.
“Ishonamanki, Toshkentdagi yuqori darajali forum doirasida o‘tkazilgan bu uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!