Samarqand viloyatida muqaddam sudlangan 59 yoshli narkosavdogar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Xususan, oldindan kuzatuvga olingan – Urgut tumanida yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs 993 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
“Ta’kidlash lozimki, Jinoyat kodeksining ushbu moddalarining mazkur qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!